“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:42
ЎЗO‘Z

Belarussiya 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi

10 yanv, 07:07 7 842 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Belarussiya 80 mamlakat fuqarolari uchun vizalarni bekor qildi Aleksandr Lukashenko “Chet el fuqarolari uchun vizasiz kirish-chiqish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra dunyoning 80 mamlakati fuqarolari muddati 5 kundan oshmagan sayohatlar uchun Belorussiya hududiga vizasiz kirib kelish huquqiga ega bo‘lishdi, deb yozmoqda Sputnik agentligi.

Vizasiz kirish tartibi 39 Evropa mamlakatlari, Braziliya, Indoneziya, AQSh, Yaponiya va dunyoning yana 37 mamlakati fuqarolari uchun e’lon qilingan.

“Birinchi navbatda vizasiz kirish Belorussiya bilan vizasiz kirish-chiqish o‘rnatgan mamlakatlar fuqarolari uchun va migrasiya masalasida xavfli bo‘lmagan mamlakatlar bilan o‘rnatilgan”, — deyilgan xabarda.

Belorussiya TIVi xabariga ko‘ra ushbu chora mamlakatga biznesmen, sayyohatchi va alohida shaxslarni faol ravishda taklif qilishga qaratilgan. Vizasiz kirish tartibi rasmiy safarlar uyushtirayotgan delegasiya vakillari, diplomatik va xizmat pasportlari egalariga taaluqli emas.

“Belorussiyaga kirish uchun pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga ega bo‘lish, kundalik yashash uchun etarli miqdorda (kamida 25$) pul mablag‘i va tibbiy sug‘urtaga ega bo‘lish kerak”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Vetnam, Gaiti, Gambiya, Gonduras, Hindiston, Xitoy, Livan, Namibiya va Samoa fuqarolari uchun pasportida ko‘p martali foydalanilgan Shengen vizasi hamda 5 kun ichida Belorussiyadan chiqib ketish uchun aviachipta bo‘lishi kerak.

Ushbu prezident qarori imzolangan kunidan bir oy o‘tib kuchga kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar