“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 08:18
ЎЗO‘Z

Evropada anomal sovuq kuzatilmoqda: Noodatiy sovuq harorat 20dan ortiq kishini hayotdan olib ketdi

08 yanv, 12:15 7 600 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Evropada anomal sovuq kuzatilmoqda: Noodatiy sovuq harorat 20dan ortiq kishini hayotdan olib ketdi Evropa qit’asi mamlakatlari noodatiy kuchli sovuq haroratdan jabrlanishmoqda. Yanvar oyining birinchi kunlarida Skandinaviyadan qit’aning boshqa qismlariga sovuq havo oqimi yopirilgan. Bu haqda Kun.uz sayti yozmoqda.

Keyingi ikki kun davomida Evropa bo‘ylab kuchli sovuqlar tufayli 20dan ortiq kishi halok bo‘ldi, ular orasida muhojirlar va uysizlar ko‘pchilikni tashkil qildi.

Polshaning o‘zida 10 kishining o‘limi qayd etilgan. Bu davlatda o‘rtacha harorat 14 daraja sovuqni ko‘rsatmoqda, ba’zi viloyatlarda esa Selsiy bo‘yicha - 20 daraja qayd etilgan.

Italiyaning markaziy va janubiy-sharqiy qismlarida ham kuchli sovuqlar kuzatilmoqda. Bu mamlakatda qor bo‘ronlari davom etmoqda va sovuqdan 7 kishi halok bo‘lgan.

Germaniya janubidagi tog‘li hududlarda harorat Selsiy bo‘yicha minus 26 darajani ko‘rsatmoqda, ba’zi trassalarda muzlash tufayli avtomobillar harakatlanishi to‘xtatilgan.

Chexiya poytaxti Pragada o‘tgan tunda qish boshlanganidan buyon eng sovuq harorat qayd etildi. Bu davlatda sovuq havo 3 kishini hayotdan olib ketdi.

Bolgariyada 3 nafar muhojir sovuq tufayli halok bo‘lgan.

Istanbulda yoqqan qor balandligi 40 santimetrni tashkil qilmoqda. Yo‘llardagi yaxmalak ko‘p sonli YTHlarga sabab bo‘lgan.

Moskvadagi favqulodda sovuq harorat natijasida 62 nafar kishi jabrlandi. 6 yanvar kuni termometr 30 daraja ko‘rsatkichdan pastlagan. Rojdestvo kechasida so‘nggi 120 yil ichidagi eng sovuq harorat (-29,8 daraja) qayd etilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 120
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 1
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 52
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar