“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 06:25
ЎЗO‘Z

Meksikalik milliarder mamlakat poytaxtida yangi aeroport qurib beradi

07 yanv, 12:14 6 351 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Meksikalik milliarder mamlakat poytaxtida yangi aeroport qurib beradi Dunyoning eng badavlat insonlaridan biri – meksikalik Karlos Slimning Operadora Cicsa kompaniyasi Mexiko aeroportining yangi binosini qurish uchun o‘tkazilgan tenderda g‘alaba qozongan konsorsium tarkibiga kirdi.

Slim kompaniyasi tender yakuniga ko‘ra, Meksikaning ICA firmasi bilan birgalikda taxminan 4 milliard AQSh dollarilik shartnoma taklif etgan. Konsorsiumga meksikalik boshqa taniqli ishbilarmonlar - Olegario Vaskes, Karlos Xank Ron, Ipolito Xexard va boshqalarning korxonalari ham kiradi.

Slimning asosiy biznesi Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari telekommunikasiyalar bozori bilan bog‘liq. Ishbilarmon America Movil, Telcel va Telmex kompaniyalaridan tashqari, Meksikadagi yirik kompaniyalarni nazorat qiluvchi Grupo Carso’ga ham egalik qiladi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Slim dunyodagi eng badavlat insonlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. U taxminan 50 milliard AQSh dollariga ega, deb yozadi Kun.uz sayti.

Mexikoda yangi aeroport qurilishi 2015 yilning oxirida boshlandi. Loyiha taniqli britaniyalik arxitektor Norman Fosterning Slimga kuyov bo‘lgan meksikalik Fernando Romero bilan hamkorligida ishlab chiqildi.

Xabarlarga ko‘ra, Mexiko yangi aeroporti qurib bitkazilgach, yiliga 120 million kishini qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi. Yangi aeroport 12,5 ming gektar maydonda barpo etiladi. Yangi terminal ochilgach, eskisi o‘z faoliyatini to‘xtatadi hamda uning o‘rnida ilmiy-tadqiqot va texnologiya markazlari, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, kasalxonalar, fazoviy universitet, shuningdek turar-joy kvartallari quriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 66
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 103
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 283
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 616
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 526
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 202
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 124
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 76
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 130
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 66
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 33
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 125
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 69
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 73
  • Bo‘limlar