“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:19
ЎЗO‘Z

AQSh Razvedkasi: Rossiya razvedkasi Guccifer bilan aloqador

07 yanv, 11:33 6 988 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh Razvedkasi: Rossiya razvedkasi Guccifer bilan aloqador AQSh Razvedkasi mamlakat saylov jarayoniga Rossiya tomoni aralashganini uqdiruvchi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasi (BRB) Guccifer 2.0 laqabli xaker va DCLeaks.com sayti ortida turadi. Aynan ular Amerika kompyuter tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumlarda asosiy ayblanuvchilar hisoblanadi, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.

"Biz katta ishonch bilan aytamizki, Rossiya harbiy razvedkasi – Bosh shtab Bosh razvedka boshqarmasi, ya’ni BRB – Guccifer 2.0 shaxsini va DCLeaks.com saytini xakerlik hujumidan jabr ko‘rgan amerikalik jabrdiydalarga tegishli xabarlarni oshkor qilishda foydalangan", — deyiladi MRB, FQB va AQSh Milliy xavfsizlik agentligining qo‘shma bayonotida.

Amerika razvedkasiga ko‘ra, xakerlik vositasida olingan ma’lumotlar OAV va WikiLeaks saytiga berilgan.

Shu bilan birga, hujjatda aytilishicha, "rossiyalik xakerlar tomonidan buzilgan tizimlar ovozlarni sanash tizimlariga bog‘liq bo‘lmagan".

Rossiya tomoni, shuningdek, Trampga yordam berish uchun Sputnik va RT telekanallaridan ham foydalangan.

"Mahalliy OAV apparatidan tashkil topgan va global tomoshabinlarga mo‘ljallangan RT va Sputnik kabi Rossiya tashviqot mashinalari hamda hukumatga qarashli trollar tarmog‘i ta’sir ko‘rsatish kampaniyasiga poydevor bo‘lgan", — deyiladi hisobotda. govoritsya v doklade.

AQSh razvedkasining ta’kidlashicha, Rossiya AQSh prezidentligi saylovlarida qo‘lga kiritgan tajribasini butun dunyoda qo‘llashni rejalashtirmoqda. "Rossiya AQShdagi prezidentlik saylovi chog‘ida olgan malakasini butun dunyoda, xususan, Amerika ittifoqchilaridagi saylovlarda qo‘llashni rejalashtirmoqda".

Ta’kidlanishicha, "Rossiya maxsus xizmatlari saylovoldi kampaniyasiga ta’sirini o‘z muvaffaqiyati deb hisoblamoqda".




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 0
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 1
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar