“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:58
ЎЗO‘Z

Xitoyda fil suyagi sotuvi taqiqlanadi

31 dek, 12:14 7 228 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda fil suyagi sotuvi taqiqlanadi Xitoyda fil suyagidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish va uni qayta ishlashni taqiqlash, ularni mamlakatning maxsus ma’muriy tumani Honkong orqali yashirincha olib o‘tishga olib kelishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Xitoy davlat kengashi tomonidan chop etilgan hujjatga ko‘ra, bunday cheklov 2017 yilning 31 martidan asta-sekinlik bilan kiritiladi va 2017 yilning 31 dekabriga qadar Xitoyning barcha hududini qamrab oladi.

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining Honkong bo‘limi yovvoyi tabiatga qarshi jinoyatlarni surishtirish bo‘yicha katta zobiti Sheril Loning ma’lum qilishicha, bu holat “savdogarlar Honkongni noqonuniy fil suyagini o‘tkazadigan bozorga aylantirishlariga” olib keladi. Bu haqda mahalliy RTHK radiostansiyasi xabar bermoqda.

Radiostansiyaning qo‘shimcha qilishicha, Honkong hukumati 2021 yilgacha fil suyagi mahsulotlari savdosini butunlay taqiqlash haqida ma’lum qilgan. Bunday mahsulotning bir kilogrammi narxi 1,1 ming AQSh dollari atrofida baholanadi.

Xitoy davlat kengashining hujjatida aytilishicha, bunday choralar fillarni qo‘riqlashni kuchaytirish, fil suyagi mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan kurashga yo‘naltirilgan. Cheklov bunday mahsulotlarni ko‘cha bozorlari va do‘konlarda, shuningdek internet orqali sotishni o‘zi ichiga qamrab oladi. Bu boradagi ishlarning bajarilishi ustidan nazorat Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi, bojxona, o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi, savdo va sanoat vazirligiga yuklangan.

Ma’lumot uchun, Xitoy, Koreya va Vetnam kabi bir qator Osiyo mamlakatlarida fil suyagi mahsulotlari, shoxli qo‘ng‘iz shoxi yoki chumolixo‘r terisiga ega bo‘lish o‘ziga xos nufuz hisoblanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar