“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 17:44
ЎЗO‘Z

AQSh Janubiy Koreyada bundan keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishi ma’lum bo‘ldi

21 dek, 11:00 5 963 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSh Janubiy Koreyada bundan keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishi ma’lum bo‘ldi AQSh Janubiy Koreyada bunday keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishini tasdiqladi. Bu Shimoli-Sharqiy Osiyodagi o‘z ittifoqdoshlarini Pxenyanning yadro va raketa tahdididan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar qildi Ryonxap agentligiga asoslanib Kun.uz nashri.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kelishuv Vashingtonda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Son Nam va mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Yu Chje Sonning AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Kantrimen hamda mudofaa vaziri o‘rinbosari Devid Sher bilan uchrashuvi chog‘ida tasdiqlandi.

"Rasmiy shaxslar Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidiga javoban AQShning strategik mudofaa tizimlarini Koreya Respublikasi himoyasi uchun doimiy ravishda joylashtirish majburiyatini tasdiqladi", - deya bayonot so‘zlarini keltiradi agentlik.

AQSh Janubiy Koreyaga joriy yil boshida B-52 strategik bombardimonchi va ko‘rinmas-qiruvchi samolyotlarni jo‘natgandi. Bu KXDRning yadro sinovlariga javoban amalga oshirildi.

"AQSh 2016 yilda Koreya Respublikasiga mudofaa tizimini kuchaytirish choralari orqali o‘z majburiyat va qat’iyatini ko‘rsatib berdi", - deya ta’kidlanadi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro bosim va qattiq sanksiyalarga qaramay o‘zining atom va raketa sohalaridagi dasturini to‘xtatishdan bosh tortmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 0
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 0
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 18
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 37
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Bo‘limlar