“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 22:29
ЎЗO‘Z

Istanbulda "Evrosiyo" tunneli ochildi

20 dek, 22:29 6 848 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Istanbulda "Evrosiyo" tunneli ochildi 20 dekabrda Istanbulda Bosfor ko‘rfazi tagidan o‘tuvchi "Evrosiyo" tunneli ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, bosh vazir Binali Yildirim hamda ko‘plab xorijiy davlatlar etakchilari, bosh vazirlari, vazirlari va elchilari ishtirok etdi.

Turkiya prezidenti tadbirdagi nutqida tunnel Istanbulning Evropa va Osiyo qismini bog‘lashga qaratilganini aytdi.

"Avtomobil tunnelining poydevori Istanbulning Osiyo qismida qo‘yildi, uni esa Istanbulning Evropa qismida ochmoqdamiz. Bu tunnel ochilishi muhim voqea hisoblanadi", deb aytdi Erdo‘g‘an.

Uning aytishicha, tunneldan o‘tish uchun to‘lov yil oxirigacha 15 turk lirasini tashkil qiladi. Tunnel evaziga Istanbulning Kazlicheshme va Goztepe tumanlari o‘rtasidagi yo‘lga ketadigan vaqt 90 daqiqadan 15 daqiqaga kamayadi.

Bu tunnel suv ostida bunday chuqurlikda o‘tkazilgan birinchi tunneldir. Uni qurish bo‘yicha ishlar Bosfor ostida 106 metr chuqurlikda olib borilgan. Tunnelning uzunligi 14,6 km ni tashkil qiladi. Ko‘rfaz ostidan tunnelning 5,4 km lik qismi o‘tgan. Tunnelning qurilishiga 1,25 mlrd dollar sarflangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 38
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 162
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 1
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 10
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 21
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 37
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 12
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 144
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 96
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 35
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 193
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 48
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 74
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 154
  • Bo‘limlar