“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 12:56
ЎЗO‘Z

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening taqdiri hal etiladi

09 dek, 13:00 7 493 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening taqdiri hal etiladi Bugun 9 dekabrda Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening hokimiyat tepasida qolishi masalasi hal etiladi. Gap shundaki, mamlakat parlamenti davlat rahbari taqdirini ko‘rib chiqadi. Mazkur masala bo‘yicha ovoz berish jarayoni bir palatali Milliy majlisda o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.

Bunga Pak Kin Xe atrofida ro‘y bergan korrupsiya mojarosi va uning dugonasi Soy Sun Silning prezident bilan tanishligidan g‘arazli maqsadlarda foydalangani fosh etilgani sabab bo‘ldi. U turli yirik korporasiyalardan xayriya maqsadlarida pul o‘tkazmalari olgani etmaganidek, davlat ishlariga ham aralashgan, prezident ma’ruzalariga tuzatishlar kiritgan.

Impichment e’lon qilinishi uchun parlamentning 300 deputatidan 200 nafari loyihani qo‘llab-quvvatlashi lozim. Hukmron "Senuri" ("Yangi gorizontlar") partiyasi Milliy majlisda etakchilik qilishi hisobga olinsa, uning kamida 28 nafar a’zosi ham impichmentni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

"Senuri" partiyasining prezidentga qarshi guruhi 40 ta shunday ovozni kafolatlagan.

Agar impichment qabul qilinsa, bu Janubiy Koreya tarixida ikkinchi shunday siyosiy voqelik bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, bundan avval, mamlakat parlamenti 2004 yilda Demokratik kuchlari vakili No Mu Xyonni prezidentlikdan chetlatishga qaror qilgan edi. Mahalliy nashrning yozishicha, Pak Kin Xe o‘shanda deputat sifatida impichment uchun ovoz bergandi.

Garchi so‘nggi qarorni Konstitusiyaviy sud qabul qilsa-da, endilikda, Pak Kin Xening boshiga ham shundy ko‘rgiliklar soya solmoqda. No Mu Xyon bilan bog‘liq hodisada sud impichmentni rad etgan, shunga ko‘ra, bu safar ham hal qiluvchi so‘zni yana sud aytadi.

Rasman Pak Kin Xe vakolati 2018 yil fevralida poyoniga etadi. Agar ushbu mojaro bo‘lmaganida, davlat rahbarligi uchun saylov 2017 yil oxirida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

Shunday qilib, impichment e’lon qilinsa, Pak Kin Xe vakolatlarini topshiradi, Konstitusiyaga ko‘ra, bosh vazir muvaqqqat prezident bo‘ladi. U Konstitusiyaviy sud qarorigacha bu vazifani bajarib turadi. Sud tarkibidagi 9 nafar hakamdan 6 nafari olti oy mobaynida impichmentni ma’qullasa, u kuchga kiradi. Ikki oy ichida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.

Mabodo, impichment loyihasi qabul qilinmasa, prezident Pak Kin Xe o‘zi va’da qilganidek, 2017 yil aprelida iste’foga chiqishi mumkin. Va iyun oyida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi tashkil etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi 01 мая, 12:22 0
  • AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi 01 мая, 12:02 1
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi 01 мая, 11:35 11
  • Qozog‘istonda davlatlararo qidiruvga berilgan shaxs Samarqandda ushlandi 01 мая, 11:18 14
  • Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi 01 мая, 10:53 25
  • Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi 01 мая, 10:30 37
  • Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi 01 мая, 10:11 155
  • Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi 01 мая, 10:06 34
  • Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi 01 мая, 09:13 58
  • Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi 01 мая, 09:11 21
  • YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi 01 мая, 09:03 45
  • Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi 01 мая, 06:00 123
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 558
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 118
  • Bo‘limlar