“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:47
ЎЗO‘Z

Yana o‘sha Putin: bu safar dollar mojarosi

05 dek, 10:51 7 631 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yana o‘sha Putin: bu safar dollar mojarosi Rasmiy Anqara Moskvaga ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida milliy valyutadan foydalanish taklifini bildirdi, deb xabar qilmoqda Diydoraziz nashri.

«Men Putinga (Rossiya prezidenti Vladimir Putinga) quyidagi taklifni bildirdim: keling, o‘zaro savdoda mahalliy valyutalarga o‘tamiz, dedim. Sizlardan xarid qiladigan barcha tovarlarga rublda to‘layman, mendan xarid qiladigan narsalaringiz uchun esa turk lirasida to‘lovni amalga oshirasiz, dedim», — deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on Istanbul shahrida yangi ochilgan savdo markazida ishtiroki davomida. Erdo‘g‘on, Turkiya savdo-sotiqda milliy valyutaga o‘tish taklifini, shuningdek, Xitoy va Eron tomonga bildirganini ham qo‘shimcha qilgan. «Bu taklif ular tomonidan qabul qilindi», — deb ta’kidlagan Turkiya rahbari.

«Hozirda Markaziy banklarimizga tegishli topshiriqlarni berganmiz va tashqi munosabatlarni bu yo‘lga o‘tkazishga harakat qilamiz», — deb bayonot qilgan Erdo‘g‘on. Toyib Erdo‘g‘on o‘z chiqishi davomida Turkiya fuqarolariga valyuta — bu bosim o‘tkazish quroli ekanligini ta’kidlagan holda, barcha yig‘ib qo‘ygan omonatlarini oltin yoki turk lirasiga almashtirishga chaqirgan. «Nima uchun biz o‘z omonatlarimizni bosim vositasiga aylantirishimiz kerak ekan? Pullarini to‘shagi tagida saqlayotganlarga maslahatim — omonatlaringizni lira yoki oltinga almashtiring. Keling, milliy boyliklarimizni qo‘llab-quvvatlaymiz. Bu Turkiyaga bosim o‘tkazishni xohlayotganlar uchun yaxshigina zarba bo‘ladi. G‘am chekmang, sizlar yutqazmaysizlar», — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 93
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar