“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 17:58
ЎЗO‘Z

Shvesiyada muzdan ishlangan mehmonxona ochildi

03 dek, 00:08 6 376 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shvesiyada muzdan ishlangan mehmonxona ochildi Shvesiyada yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadigan, muzdan ishlangan dunyodagi birinchi mehmonxona ochildi. Bu haqda Kun nashri xabar bermoqda.

Icehotel 365 deb nomlangan bu mehmonxona Turneelven daryosi yonida, Shimoliy qutb aylanasidan 200 km uzoqlikda joylashgan. Umumiy maydoni 195 kvadrat metr bo‘lgan mehmonxonada 21 ta xona, bar va suratlar galereyasi bor.

Muz mehmonxonani yaratish uchun Turneelvendan 30 ming litr suv kerak bo‘lgan. Uni yaratishda butun dunyodan haykaltaroshlar ishtirok etgan. Mehmonxona yil bo‘yi xizmat ko‘rsatadi: u issiq kunlarda muzlatuvchi qurilmalar yordamida muzlatib turiladi.

Muz mehmonxona xonalari ichidagi harorat 5-8 gradus miqdorida ushlab turiladi. Mehmonlar sovqotib qolmasliklari uchun ularga issiq yotoq qoplari beriladi. Ushbu antiqa mehmonxonada qolish kuniga 2450 shved kroni turadi.

Bu muz mehmonxonasi 1989 yildayoq paydo bo‘lgan. Biroq 2016 yilgacha uni har qishda boshqatdan barpo etishga to‘g‘ri kelingan.

Rossiyada mart oyida Kamchatkada birinchi iglu-mehmonxona ochilgandi. "Tog‘li hudud" deb nomlangan majmua to‘liq qordan yasalgan bir nechta mehmonlar xonasidan iborat. Ta’kidlanishicha, bu mehmonxona 2 haftada 50 tashrif buyuruvchini qabul qilgan.













Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 0
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 1
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 81
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 159
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Bo‘limlar