“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 10:32
ЎЗO‘Z

National Interest NATO Kaliningraddan nima uchun qo‘rqishi sababini tushuntirib berdi

28 noya, 10:02 9 425 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
National Interest NATO Kaliningraddan nima uchun qo‘rqishi sababini tushuntirib berdi Rossiyaning mittigina Kaliningrad viloyati NATOning naqd yuragida joylashgan, shuning uchun NATO vakillarini asabiylashishga va o‘zidan taraluvchi xavfdan qo‘rqishga majbur qiladi. Shunday fikrni AQShning The National Interest tahliliy jurnali sharhlovchisi Robert Farli aytib o‘tdi.

"Boltiq davlatlari NATO tarkibiga kirganlarida, Kaliningrad NATO markazidagi dushman hududga aylandi. Bu uni ayniqsa zaif hududga, biroq shu bilan birga harbiy nuqtai nazardan potensial xavfli sub’ektga aylantirdi", deb yozmoqda Farli.

Farlining fikricha, NATOni Kaliningradga joylashtirilgan S-400 va "Iskander-M" raketa majmualari xavotirlantiradi.

"Jurnalning ko‘p maqolalarida batafsil aytilgandek, S-400 dunyoda havo hujumiga qarshi eng qudratli tizimlardan biri hisoblanadi", deb ta’kidlamoqda sharhlovchi.

Farli Rossiya zenit-raketa majmualarining ustunliklarini qayd qilib, bu majmualar sababli NATO Boltiq davlatlari osmonida havo ko‘magini ta’minlashi muammoli bo‘lishi ta’kidlamoqda.

Farli shuningdek "Iskander"ni ham eslab o‘tdi. Uning aytishicha, bu raketa majmuasi bilan raqobat qila oladigan birorta boshqa majmuani topish amrimahol.

"Bu raketalar oddiy va yadroviy kallaklarni 400 km gacha masofagacha chiqara oladi. Agar Moskva NATOning biror ikkilanib turgan davlatlariga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa, u anklaviga qandaydir yangi va qo‘rqituvchi qurollarni joylashtirib, o‘z qudratini namoyish qilib qo‘yishi mumkin", deb aytmoqda mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrda AQSh Davlat departamenti vakili Jon Kirbi Rossiyani Kaliningrad viloyatida S-400 va "Iskander-M"ni joylashtirishdan voz kechishga chaqirgandi. Kirbining fikricha, bu Evropa xavfsizligini beqarorlashtiradi. Shu bilan birga u Rossiya o‘z hududida bunday majmualarni joylashtirishga haqli ekanini ham tan olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 155
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 115
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 172
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 154
  • Bo‘limlar