“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 22:55
ЎЗO‘Z

"Kinder-syurpriz" ishlab chiqaruvchilari nima uchun ichki tergovni yo‘lga qo‘yishdi?

25 noya, 07:45 6 734 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Kinder-syurpriz" ishlab chiqaruvchilari nima uchun ichki tergovni yo‘lga qo‘yishdi? Italiyaning Ferrero qandolat kompaniyasi matbuot tomonidan tarqatilgan xabar yuzasidan ichki tergov ishlarini yo‘lga qo‘ydi. OAVda ko‘pchilik uchun sevimli bo‘lib qolgan "Kinder-syurpriz" shokoladlarini ishlab chiqarishda bolalar mehnatidan foydalanganlik haqida ma’lum qilingan. Kun nashrida bu haqida xabar qilindi.

Kompaniya xodimlarining ishontirib aytishicha, uning ichki qoidalari bolalar mehnatidan foydalanishni taqiqlaydi va ma’muriyat shartnoma bo‘yicha hamkorlik qiluvchi pudratchi firmalarning bu qoidalarga amal qilishini nazorat qiladi.

"Biz Ruminiyada bunday tajribaning qo‘llanishi borasidagi gap-so‘zlardan shokka tushdik va bundan qattiq tashvishdamiz, - deydi Ferrero kompaniyasi vakili. - Biz haqiqat qaror topishi uchun darhol ichki tergov ishlarimizni boshlab yubordik".

Bundan avval Britaniyaning The Sun gazetasi Ruminiyada "Kinder-syurpriz" shokolad tuxumlarining ichiga joylanadigan o‘yinchoqning elim konteynerlarini voyaga etmagan bolalar qadoqlayotgani haqida xabar bergandi. Gazeta jurnalistlari Ruminiya oilasidan intervyu olishgan. Ma’lum bo‘lishicha, ularning 3 nafar farzandi (6 yoshdan 11 yoshgacha) pudratchi-firmalarning biridan materiallarni olib, shu ish bilan shug‘ullangan. Oila a’zolari qadoqlangan har mingta o‘yinchoq uchun 20 ley (6,33 AQSh dollari) olishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 93
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 289
  • So'nggi yangiliklar
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 20
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 28
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 131
  • Bo‘limlar