“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:25
ЎЗO‘Z

Nemsov o‘ldirilgan joy yaqinida Moskva daryosi tubidan ikkita to‘pponcha topildi

14 mar, 11:44 9 463 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nemsov o‘ldirilgan joy yaqinida Moskva daryosi tubidan ikkita to‘pponcha topildi Boris Nemsov otib o‘ldirilgan Katta Moskvoresk ko‘prigi yaqinida Moskva daryosi tubidan ikkita to‘pponcha topildi, deb ushbu jinoyat yuzasidan olib borilayotgan tergov ishidan xabardor bo‘lgan manbaga iqtibos keltirgan holda “Interfaks” axborot agentligi xabar berdi.

“Ballistik tekshirish birinchi to‘pponcha qotillikka aloqador emasligi aniqlandi, ikkinchi to‘pponcha bo‘yicha hozircha ekspert xulosasi tayyor emas”, deb aytdi manba.

Yaroslav viloyati dumasi deputati, “RPR-Parnas” raisdoshi Boris Nemsov 28 fevralda Moskva markazidagi Moskvoresk ko‘prigi yaqinida o‘ldirib ketilgan. Siyosatchiga yaqin masofadan to‘pponchadan olti marta o‘q uzilgan, ulardan to‘rttasi nishonga tekkan. Uning hamrohi ukrainalik Anna Duriskayaga hech narsa qilmagan.

8 mart kuni Moskvaning Basman tumani sudi Nemsovning qotilligida gumon qilingan besh kishi – Zaur Dadaev, Anzor Gubashev, Shagit Gubashev, Tamerlan Eskerxanov va Hamzat Baxaevni hibsga olishga sanksiya bergan. Aka-uka Gubashevlar va Dadaev Ingushetiyada 7 mart kuni, Eskerxanov va Baxaev 8 mart kuniga o‘tar kechasi Moskva viloyatining Odinsovo tumanida qo‘la olingan. Shuningdek, 7 mart kuni Grozniyda Lev Yashin ko‘chasida Dadaev bilan birga Nemsovning qotilligi rejasini tuzganlikda gumon qilingan Beslan Shavanov huquqni muhofaza qilish muassasalari tomonidan qurshab olingandan keyin, ularga qarata granata otmoqchi bo‘lganda o‘zi portlab ketgan.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 182
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 154
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 166
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 309
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar