“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:39
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston prezidentining 19 yoshli qizi yashirincha turmushga chiqdi

08 sen, 23:58 12 798 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston prezidentining 19 yoshli qizi yashirincha turmushga chiqdi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning 19 yoshli kichik qizi Aliya Shagieva to‘rt yildan buyon uchrashib yurgan yigitiga yashirincha turmushga chiqdi. Qiz to‘y haqidagi ma’lumotlarni Instagram’dagi sahifasiga joylashtirdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda”ga asoslanib “Qalampir” xabar berdi.

Aliyaning turmush o‘rtog‘i haqidagi ma’lumotlar unchalik ko‘p emas. Uning ismi Konstantin bo‘lib, juftlikni bir-birlariga ularning do‘stlari tanishtirgan.

“Men juftliklarning birgalikda tushgan ehtirosli suratlarini ko‘rsam xafsalam pir bo‘ladi, aynan shuning uchun 4 yil davomida Kostya bilan tushgan birorta suratimni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmadim. Shuningdek, shaxsiy hayotimni ommaga ko‘z-ko‘z qilishni yotirmayman. Ammo bugun u bilan ajoyib kunni birga o‘tkazish, suratga tushish hamda uni ijtimoiy tarmoqqa joylash yoqimli bo‘ldi. Iliq shamol. Biz endi er-xotinmiz va tabriklarni qabul qilishga tayyorman”, deydi “Qirg‘iziston malikasi”.

Ko‘pchilik Aliyani tabriklab, ikki yoshga oilaviy baxt tilamoqda.

Aliya Shagieva dizaynerlik bilan shug‘ullanadi. U bir oy oldin bolalar uchun kiyim-kechak oshlab chiqarish bo‘yicha o‘z kompaniyasini tashkil etdi.

Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaevning olti farzandi bo‘lib, ularning uch nafari o‘g‘il va uch nafari qizdir. Aliya dizaynerlik faoliyatini onasining familiyasida olib boradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 0
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar