“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 08:46
ЎЗO‘Z

Suriyada kurdlar turklarning tanklariga hujum qilishni boshladi

28 avg, 12:45 7 925 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suriyada kurdlar turklarning tanklariga hujum qilishni boshladi Kurd jangchilari Suriya shimolidagi Turkiya tanklariga raketalar orqali hujum qilishdi va 1 askarni o‘ldirib, 3 nafarini yaralashdi, deyiladi "Kun" nashrida.

"Anado‘lu" agentligi xabarida aniqlik kiritilishicha, raketalar ikkita tankka kelib tekkan va undagi harbiylar jabrlangan.

Bu Turkiya tomonidan 24 avgust kuni Suriya shimolida "Frot qalqoni" operasiyasi boshlanganidan beri turklarning ilk talofati hisoblanadi. Jarohatlanganlar vertolyot orqali Turkiyaga olib ketilgan.

Suriya kurdlarining "Demokratik ittifoq" partiyasi harbiylari biroz oldinroq IShIDdan ozod etilgan Jaralbus shahri hududidagi turklarga hujum qilishgan.

Turkiya harbiylari bu hujumga javoban kurdlarning pozisiyalarini o‘qqa tutgan.

Turkiya "Frot qalqoni" amaliyoti IShID va kurdlarga qarshi olib borilishini bildirgan.

Qayd etish kerakki, Turkiya Suriya shimolida, o‘z chegaralari yaqinida kurdlarning kuchayishini va yangi davlat tashkil etishini istamaydi. Turkiya hukumati bu hududdagi kurdlar NATOdagi ittifoqchisi AQSh tomonidan qurol-yarog‘ bilan ta’minlab turilishini iddao etadi.

Turkiya bu hududda Suriya muxolifati hisoblanadigan, Bashar Asad hukumati, IShIDga hamda kurdlarga qarshi 3ta frontda kurash olib borayotgan Suriya ozodlik armiyasini tanklari va aviasiyasi bilan qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 0
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 69
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 108
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 238
  • Bo‘limlar