Bangladesh poytaxti Dakkadagi Bashundxara savdo markazida kuchli yong‘in kelib chiqdi, deb “TASS” xabar beradi.
Yong‘in markazning oltinchi qavatida boshlangan. Xaridorlar va savdogarlarning ko‘pchiligi binoni mustaqil ravishda tark etgan. 20 kishi qutqaruvchilar tomonidan binodan olib chiqildi. Shuningdek, o‘n kishi ichkaridan qolib ketganligi taxmin qilinmoqda. Voqea joyiga 14ta o‘t o‘chirish guruhlari etib kelgan.