“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:43
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistoni haj safariga birinchi marta otlanganlar uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi

09 avg, 23:26 8 098 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistoni haj safariga birinchi marta otlanganlar uchun ajoyib sovg‘a tayyorladi Saudiya Arabistoni hukumati haj va umra safarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan xorijliklar uchun viza olish narxini oshiradi, biroq shu bilan birga, bu amallarni bajarish uchun birinchi marta kelayotgan ziyoratchilarning vizani olishdagi xarajatlarini o‘z zimmasiga oladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni vazirlar mahkamasi yig‘ilishi natijalari bo‘yicha chiqarilgan qarorda aytilgan, deyiladi "Darakchi" nashrida.

Viza to‘lovlarini oshirish qarori mamlakat moliya hamda iqtisodiyot va rejalashtirish vazirliklari tomonidan iqtisodiyotning xom ashyoga ixtisoslashmagan tarmoqlaridan davlat byudjetiga tushadigan daromadlarning sonini oshirish maqsadida taklif qilingan choralar "paketida" bor.

Qabul qilingan qarorga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga bir martalik viza 2 ming realga (533 AQSh dollari), belgilangan muddat ichida Saudiya Arabistoniga bir necha marta borishga imkon beruvchi yarim yillik viza 3 ming realga (800 AQSh dollari), bir yillik viza esa 5 ming realga (1333 AQSh dollari) aylanadi.

Bunda qirollik orqali tranzit viza 300 rial (80 dollar), mamlakatdan dengiz portlari orqali jo‘nash esa 50 rial (12 dollar) turadi.

Shu bilan birga Saudiya Arabistonida yashashga ruxsat olgan xorijliklar ham uning tashqarisiga chiqishi uchun g‘aznaga pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Yangi qoidalarga ko‘ra, ikki oydan kamroq muddatga xorijga jo‘nash uchun xorijliklar ularning yashash uchun ruxsati amalda bo‘lguncha 200 rial (53 dollar), Saudiya Arabistonidan tashqarida bo‘lgan har bir qo‘shimcha oy uchun 100 rial (26 dollar) to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni hukumati yo‘l harakati xavfsizligi qoidabuzarliklari va yo‘l-transport hodisasi joyini tark etganlik uchun jarimalar qiymatini oshirdi.

Yangi qoidalar hijriy taqvim bo‘yicha yangi yildan kuchga kiradi. Joriy yilda yangi hijriy yili 2 oktyabrdan kiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 1
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 0
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar