“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 02:11
ЎЗO‘Z

Londondagi klublardan birida yirik yong‘in chiqdi

09 avg, 18:51 6 671 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Londondagi klublardan birida yirik yong‘in chiqdi 8 avgustda Londonning Grinvich tumanidagi tungi klubda yirik yong‘in chiqdi. O‘t o‘chirish xizmatiga soat 11.30 larda yong‘in haqida 40 dan ortiq xabar kelib tushgan, deb “Kun” xabar beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shaharning barcha burchaklaridan ko‘rinayotgan qora tutun haqida xabarlar berganlar. "Grinvichdagi 338-studiyada yirik yong‘in chiqqan. Umid qilamanki, hech kim jabrlanmagan", deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Yong‘inni o‘chirishda 15 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 100 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar qatnashgan. Avariya-qutqaruv xizmatlari yong‘in chiqqan joydagi yo‘llarni to‘sib qo‘yishgan, haydovchilar xavf haqida ogohlantirilganlar. Binodan bir kishi olib chiqilgan. U kuyish jarohatlari olgan.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni bartaraf etishgan, biroq tutun hidi Grinvichga yaqin ko‘plab tumanlarda sezilib turgan. Yaqin atrofda yashovchi aholiga uylari oynalarini yopib qo‘yish tavsiya qilingan.

Avvalroq 5 avgustda Fransiyaning Ruan shahridagi barlardan birida ko‘p sonli qurbonlarga olib kelgan yirik yong‘in chiqqani ma’lum qilingandi.

Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, yong‘inga ofisiantning e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. U shamlari yoqilgan tortni olib chiqayotganda qoqilib yiqilib tushgan. Natijada shamlardagi olov pardalarga, keyin esa poliesterol materialidan ishlangan shipga o‘tgan. Kechadagi ba’zi mehmonlar poliesterol chiqaradigan zaharli gazdan, ba’zilari esa olovdan halok bo‘lganlar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 128
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 59
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar