“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:26
ЎЗO‘Z

Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Rossiyaning to‘ntaruvdan ogoh qilgani haqidagi gaplarga izoh berdi

27 iyul, 15:04 7 016 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Rossiyaning to‘ntaruvdan ogoh qilgani haqidagi gaplarga izoh berdi Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Mexmet Shimshek Rossiya go‘yoki Turkiyada davlat to‘ntaruviga tayyorgarlik ko‘rilayotganidan ogohlantirgani haqidagi ma’lumotga ega emas, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

"Menda bu borada ma’lumot yo‘q, - deb javob berdi Shimshek tegishli savolga. – Biroq aytib o‘taman, fitnaning ertasiga eng jiddiy qo‘llab-quvvatlovni Rossiya ko‘rsatdi. Rossiya Turkiyaning qonuniy hukumati tarafdori ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Biz Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qo‘ng‘irog‘ini yuqori baholaymiz. Bu qo‘llab-quvvatlov juda kuchli bo‘ldi".

Avvalroq Eronning Fars axborot agentligi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an to‘ntaruvdan bir necha soat oldin Rossiyadan to‘ntaruvga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ogohlantirish olganini ma’lum qilgan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bunday ma’lumot Anqaradagi diplomatik manbalarga iqtibos keltirgan holda bir necha arab OAV tomonidan taqdim qilingan. Ularning ta’kidlashicha, Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rossiyalik hamkasblari tomonidan "davlat to‘ntaruvi muqarrar yuz berishidan" ogohlantirilgan.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga quyidagicha izoh bergan: "Men bunday ma’lumotga ega emasman va Fars agentligi iqtibos keltirayotgan manbalarni bilmayman".

Shimshek, shuningdek, davlat to‘ntaruviga urinish tashkilotchilari uchun o‘lim jazosi belgilash haqidagi qaror qabul qilinmaganini qo‘shimcha qildi.

"Bu terrorchilik tashkilotiga aloqador shaxslar vaqtinchalik o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishdan chetlatildilar, yakuniy qarorni sud qabul qiladi. Ularni doimiy asosda chetlatish masalasi qonun doirasida hal qilinadi. Tashkilotchilar uchun o‘lim jazosi belgilash imkoniyatiga kelsak, bu qaror qabul qilinmadi", deb aytgan Shimshek.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 79
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar