“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:37
ЎЗO‘Z

Turkiyada mingdan ortiq maktab, 15ta universitet yopildi

24 iyul, 15:25 7 639 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada mingdan ortiq maktab, 15ta universitet yopildi 15 iyul kuni Turkiyada bo‘lgan davlat to‘ntarishiga harakatda hukumat Fathulloh Gulenning qo‘li borligini ta’kidlab kelmoqda. Turkiyaning sobiq diniy etakchilaridan biri, 1999-yildan beri AQShda yashab kelayotgan muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning ayblovlarini inkor qilmoqda.

Bugun, 23 iyul kuni Turkiya hukumati Gulen harakatiga aloqador bo‘lgan 35ta tibbiyot instituti, 1043ta xususiy maktab, 1229ta jamg‘arma, 19ta uyushma, 15ta xususiy universitetni yopdi. Bu haqda “Dailysabah”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Bu Turkiyada favqulodda holat tartibi e’lon qilingandan buyon birinchi qaror hisoblanadi. Mamlakatda 21 iyul kuni favqulodda holat tartibi o‘rnatilgan edi.

Turkiya hukumati mamlakatdagi 21 738 nafar o‘qituvchining Gulen harakatiga aloqador deb gumon qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Turkiyadagi bir guruh harbiylar ishtirokida davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan edi. Ko‘p o‘tmay isyon bostirildi. Unda 200ga yaqin odam halok bo‘ldi. 1400 nafardan ortiq odam esa jarohatlandi. Davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumon qilingan 10 mingdan ortiq kishi hibsga olindi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 0
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 119
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar