“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:28
ЎЗO‘Z

Braziliyalik tirik Barbi

13 iyul, 15:50 14 437 Dunyo / Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Braziliyalik tirik Barbi Brazliyalik 24 yoshli Andressa Damiani haqiqatdan Barbini tiriltirib qo‘yganga o‘xshaydi. U doimo tabiatan shunaqa qo‘g‘irchoq ko‘rinishida ekanligini ta’kidlaydi. Faqatgina o‘zgacha chiroyini yanada bo‘rttirish uchun ulama kipriklar, linza va kosmetik bo‘yoqlardan foydalanadi, deb xabar beradi segodnya.ua.

U hech qanday plastik jarrohlik o‘tkazmagani va qat’iy parhezlar ushlamaganiga ishontirishga harakat qiladi. Haqiqatdan ham u quyib qo‘ygandek Barbi qo‘g‘irchog‘ining o‘zginasi. Oqga moyil sarg‘ish sochlari, 51 sm (?!) bel, uzun oyoqlari va katta ko‘zlari bilan u mashhur mallasoch xonimning tirik nushasi.

Shuningdek Andressa uni "Muzyurak malika" qahramoni Elza nomi bilan chaqirishlarini aytadi.


Albatta, doim ham uni ko‘rganlar hursand holda taajublanmaydilar. Aksincha, ko‘pchilik ko‘chada uni ko‘rsa qizning notabiiy qo‘g‘irchoq nusha chiroyidan cho‘chiydilar ham.

"Men hatto yuzimga meni ko‘rish ularga juda yoqimsiz ekanligini aytgan insonlarni ham uchratdim. Ular men yonlaridan o‘tsam qo‘rqishlarini aytishgan. Ba’zi odamlar meni ko‘rib qolishsa qochishadi. Ular meni aqldan ozgan va faqatgina o‘zining chiroyi qiziqtiradi, deb o‘ylashadi" - deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi qiz.

Shunday bo‘lsada, uning antiqa go‘zalligi tabiat tuhfasi ekanligiga deyarli hech kim ishonmaydi. Bu Andressani qattiq ranjitadi. "Odamlar biror marta plastik jarrohlikni boshimdan o‘tkazmaganman desam, menga ishonmaydilar. Ular meni o‘zini ochlik bilan qiynovchi va tinimsiz plastik jarrohlik stoliga yotuvchi yolg‘onchi qiz, deb bilishadi" - deydi u.

Andressa o‘zini taniganidan beri qo‘g‘irchoqqa o‘xshash ekanligini ta’kidlaydi. Kosmetik bo‘yoqlarni ham kam hollarda quyuq qilib surtadi. Kundalik holatda hech qanday parhez tutmasligini, jismoniy mashqlar sifatida kuchuklari bilan sayr qilishning o‘zi etarli ekanligini aytadi. "Ko‘rinishim o‘zimga yoqadi va qo‘g‘irchoqqa o‘xshashligimni yoqtiradigan insonlar ham bor. Ular bildiradigan iliq fikrlar doimo ko‘nglimni ko‘taradi" - deydi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 136
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 274
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar