Xitoyning Xunan viloyatidagi shosselardan birida avtobus yonib ketishi tufayli kamilda 30 kishi halok bo‘lgan. "Kun" nashri xabariga ko‘ra, yana bir qancha kishi jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki xabarlarda qurbonlar soni 7 nafarligi, yana 21 kishi shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi.
Mahalliy nashrlar xabariga ko‘ra, Ijchan uezdi hududida harakatlanayotgan avtobus yo‘l chetidagi to‘siqqa borib urilgan va yona boshlagan. Avtobusda jami 56 kishi bo‘lgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar hamda tez tibbiy yordam xizmati xodimlari etib kelib, jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatgan.