“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:59
ЎЗO‘Z

AQShda inson ustida genetik tajriba o‘tkazishga ruxsat berildi

23 iyun, 22:35 7 401 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQShda inson ustida genetik tajriba o‘tkazishga ruxsat berildi AQSh Sog‘liqni saqlash boshqarmasi qoshidagi Rekombinat DNK bo‘yicha maslahat kengashi inson genetik modifikasiyasining keng istiqbolli texnologiyasini qo‘llash g‘oyasini tasdiqladi. Gap CRISPR/CAS-9 haqida borib, tadqiqotchilar uning yordamida immun tizimi faoliyati samaradorligini yaxshilashni rejalashtirishmoqda, deyiladi "Kun" nashrida.

Organizmga yuborilgan immun tizimining tahrirlangan hujayralari mieloma, melanoma, sarkoma va boshqa saraton turlari rivojlanishiga mas’ul hujayralarni qidirib topib, ularga hujum qiladi. Pensilvaniya universiteti olimlari tomonidan taklif qilingan va ikki yil mobaynida davom etadigan tajriba somatik xarakterga ega ekanligini inobatga olish zarur.

Shunga qaramay bunday texnologiyaning tasdiqlanishi CRISPR texnologiyasining etik jihatdan qo‘llanilishiga doir bahs-munozaralar echimini topishda qo‘yilgan katta qadam hisoblanadi hamda keng salohiyatli imkoniyatlarni ochib beradi.

Tajribada 18 nafar ko‘ngilli ishtirokchi qatnashadi. Loyiha amaliyoti uchta ilmiy-tadqiqot markazida o‘tkaziladi: Pensilvaniya universiteti, Xyuston universiteti va Kaliforniya universiteti.

Shuni ta’kidlash joizki, genetik modifikasiyalarga doir tajriba faqat AQShdagina emas, balki Xitoyda ham yo‘lga qo‘yilgan. Xitoy bu borada bir qator natijalarga erishishga ham ulgurgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar