Somali poytaxti Mogadisho markazida joylashgan Ambassador mehmonxonasida kuchli portlash yuz berdi, deb xabar beradi Reuters.
Portlash oqibatida mehmonxona ichida bo‘lgan 15 kishi halok bo‘ldi hamda yigirma nafar kishi jarohat olgan. Hozirda ularning ahvoli qanday ekanligi noma’lum.
Halok bo‘lganlar orasida ikki nafari deputat ekanligi ma’lum qilingan.