“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:13
ЎЗO‘Z

Guamda B-52 bombardimonchi samolyoti falokatga uchradi

19 мая, 10:35 8 206 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Guamda B-52 bombardimonchi samolyoti falokatga uchradi AQSh harbiy-havo kuchlarining B-52 strategik bombardimonchi samolyoti Guam orolidagi aviabazadan ko‘tarilgandan keyin falokatga uchradi. Samolyot ekipajining barcha 7 a’zosi samolyot er bilan to‘qnashguncha uni tark etishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.

Aviafalokat 19 may mahalliy vaqt bilan soat 08:30 da (Toshkent vaqti bilan 03:30 da) Andersen aviabazasida yuz berdi. Samolyot qulashidan avval yonib ketgan.

Shimoliy Dakota shtatidan AQShning Tinch okeani hududida mavjudligini ta’minlash uchun Guamga tashlangan B-52 samolyoti o‘quv parvozini bajarayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida 69-ekspedision bombardimonchi eskadrilyasi ekipaji bo‘lgan.

Aviafalokat sabablari hozircha noma’lum.

2008 yil iyulida ham B-52 samolyoti Guam orolidan 40 km uzoqlikda, Tinch okeaniga qulagan edi. Avifalokat oqibatida halok bo‘lgan 2 nafar uchuvchining jasadi sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati tomonidan samolyot qulashi bilanoq okeandan chiqarib olingandi. Ekipajning qolgan 4 nafar a’zosining jasadlari topilmagan.

Boeing B-52 Stratofortress samolyoti ikkinchi avloddagi ko‘p funksiyali og‘ir, o‘ta uzoq masofalarga uchuvchi qit’alararo strategik bombardimonchi-raketa tashuvchi samolyot bo‘lib, AQSh XXKda 1955 yildan beri qurollanishda turadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 275
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 95
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar