“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:35
ЎЗO‘Z

Germaniyalik nafaqaxo‘r uchinchi Reyx davriga oid atom bombasini topganini da’vo qilmoqda

18 мая, 21:27 8 026 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniyalik nafaqaxo‘r uchinchi Reyx davriga oid atom bombasini topganini da’vo qilmoqda Muhandis Peter Lor, ikkinchi jahon urushi davrida nemis askarlari tomonidan yashirilgan atom bombalarini topganini ta’kidlamoqda. Yadro quroli, Tyuringiyadagi Yonas tog‘li vohasida aniqlangan, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.

Umuman Lor qidirish ishlari vaqtida beshta metall predmetga duch kelgan. Uning ishonch bilan ta’kidlashicha, topilgan narsalarning ikkitasi ommaviy qirg‘in quroli hisoblanadi. Ular ikkinchi jahon urushi davri oxirlarida ataylab yashirib qo‘yilgan.

Pensioner topilmalarni 3D-radar vositasida qayta o‘rgangach, shunday to‘xtamga kelgan. Lorning ogoh etishicha, mazkur qurollar xavfli bo‘lib, yadro fojiasini keltirib chiqarishi mumkin.
«Agar yadro zarralari tarqalishiga yo‘l qo‘yilsa, Evropada ikkinchi Chernobil yuz beradi», — deb xavotir bildirgan Peter Lor.

Aytish joizki, ushbu xabar Uchinchi reyx askarlari ega bo‘lgan atom quroli xaqidagi birinchi axborot emas. Yonas vodiysida g‘orlar, bunkerlar va omborxonalar tizimi yashirilgan bo‘lib, u minglab asirlar mehnati evaziga barpo etilgan.
U erda ishlagan barcha mahbuslarni amerikaliklar 1945 yil aprelida ozod etgan edi. Shundan so‘ng, Yonas yaqinidagi Ordruf shahrida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar 100 yilga maxfiylashtirilgan.
O‘tgan yili, "Adolf Gitlerning atom bombasi" nomli hujjatli film ijodkorlari turli guvohlarning so‘zlariga tayangan holda, Uchinchi reyx atom bombasi yaratishga juda yaqin qolganini ko‘rsatmoqchi bo‘lishgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 1
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 51
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar