Turkiya parlamenti deputatlari majlisda yoqalashib, urishib ketishdi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Komissiya raisining deputatlardan daxlsizlikni olib tashlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi haqida muhokama ketganda zaldan parlamentariy yordamchilarining chiqib ketishini talab qilishi janjalga olib keldi.
Uning bu talabi xalq demokratik partiyasi vakillarining noroziligini keltirib chiqardi. Shunday qilib, muhokama nihoyasiga etmay, 2 mayga ko‘chirildi.