“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:28
ЎЗO‘Z

Quyosh batareyasi o‘rnatilgan samolyot dunyo bo‘ylab parvozini qayta boshladi

22 apr, 15:58 6 707 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Quyosh batareyasi o‘rnatilgan samolyot dunyo bo‘ylab parvozini qayta boshladi Quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Gavayyaga majburiy qo‘nishni amalga oshirgandan to‘qqiz oy o‘tib dunyo bo‘ylab parvozini qaytadan boshladi, deya RIA Novosti ma’lumotiga asoslanib "Gazeta" nashri xabar beradi.

Faqatgina quyosh energiyasidan foydalanib parvoz qiladigan Solar Impulse 2 dunyo bo‘ylab sayohatga 2015 yilning 9 martida Abu-Dabidan yo‘lga chiqqan edi. U shu vaqtga qadar Ummon (Maskat), Hindiston (Varanasi), Myanma (Mandalay), Xitoy (Chunsin va Nankin) va Yaponiya (Nagoya)da bo‘ldi.

3 iyul kuni samolyot 120 soatdan ziyod vaqt mobaynida to‘xtovsiz parvoz qilgan holda havoda to‘xtalishlarsiz eng uzoq muddat bo‘lish rekordini o‘rnatib, Gavayya oroliga etib keldi. Ayni shu vaqtda batareyalar qizib ketib, ishdan chiqdi.

Ta’mirlash vaqtida samolyot uchuvchilari Andre Borshberg va Bertran Pikar Evropaga qaytib, loyihani moliyalashtirish uchun manba qidirdi. AQShga uchib boradigan havo kemasi Atlantika okeanini kesib o‘tadi va Janubiy Evropa yoki Shimoliy Afrikada to‘xtab, Abu-Dabiga qaytadi.

Solar Impulse 2 2014 yil iyunida muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tdi. Havo kemasining jami og‘irligi 2,3 tonnani tashkil etadi, samolyot qanotlarining uzunligi — 72 m bo‘lib, unga uchish uskunasining elektromotorlarini energiya bilan ta’minlashi uchun 17,2 ming dona quyosh batareyasi o‘rnatilgan. Samolyotning eng yuqori tezligi 140 km/soatni tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 85
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar