“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:27
ЎЗO‘Z

Ozarbayjonda ham UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi

19 sen, 22:37 2 393 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozarbayjonda ham UzAuto Motors avtomobillarini yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi Ozarbayjonning Hajigabul shahrida 17 sentabr kuni UzAuto Motors va SamAvto zavodi ishlab chiqarish liniyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. UzAuto Motors matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, General Motors bilan o‘zaro kelishuvga erishilgach, UzAuto Motors Chevrolet avtomobillarini Ozarbayjonda sotishni boshlashi haqida e’lon qildi.

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati
Ozarbayjon tarafdan ishlab chiqarish bo‘yicha hamkor sifatida Boku shahri yaqinida joylashgan Hajigabul sanoat kvartali tarkibiga kiruvchi «Azermash SR» ishtirok etdi. Tomonlar o‘rtasida 2021 yil 21 iyulda imzolangan kelishuv sharofati bilan loyihani amalga oshirish uchun imkoniyat yaratildi. 2021 yilning aprel oyida Hajigabul sanoat kvartalining ochilish marosimida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev loyihaga start beruvchi ramziy tugmani bosdi.

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati
«Azermash SR» zavodida ishlab chiqarish liniyasining tantanali ishga tushirilishida O‘zbekiston bosh vaziri moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov onlayn tarzda tantanali nutq so‘zladi. O‘zbekiston delegatsiyasiga «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umrzoqov boshchilik qildi. Ozarbayjon tarafdan tadbirda mamlakatning iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov ishtirok etdi.

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati
Kompaniya xabarida aytilishicha, hamkorlikning dastlabki bosqichida «Azermash SR»ning ishlab chiqarish quvvatlarida Chevrolet Nexia, Chevrolet Cobalt, ikkinchi bosqichda Chevrolet Damas va Chevrolet Labo avtomobillarini jami 5000 donagacha, SamAvto avtobuslarini esa yiliga 1000 donagacha miqdorda ishlab chiqarish va sotish rejalashtirilgan.

UzAuto Motors’ning Ozarbayjondagi rasmiy distribyutori «Azermash SR»ga ko‘ra, mazkur modellardagi narx, funksionallik va sifatning manfaatli va uyg‘un nisbati ularning o‘ziga xos raqobatbardosh afzalligi bo‘la oladi.

«Ozarbayjonda muvaffaqiyat qozonishga umid bog‘lash uchun bizda yetarli darajada asoslar bor. Ozarbayjon va O‘zbekistonni ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘laydi, qardosh xalqlarimiz qardosh tillarda so‘zlashadi. Urf-odatlarimiz, tariximiz, madaniyat va dunyoqarashimiz mushtarak, hatto biznes va ishbilarmonlik etikasiga bo‘lgan yondashuvimiz ham juda o‘xshash.

Yangi avtomobil zavodi mahsulotlari Ozarbayjon aholisi orasida ommalashishiga, yangilangan Nexia, Cobalt, Damas va Labo, shuningdek, SamAvto avtobuslari ham ularga manzur bo‘lishiga bizda shubha yo‘q
», — degan Shavkat Umurzoqov.

Foto: UzAuto Motors matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil mart oyida Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarish boshlangan edi. Qozog‘istonda SamAvto avtobuslarini ishlab chiqarish 2021 yilning may oyida yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, Chevrolet avtomobillarini Tojikistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar