“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:39
ЎЗO‘Z

Suv havzasida muammosiz harakatlangan Rivian elektropikapi (video)

01 sen, 20:50 3 251 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suv havzasida muammosiz harakatlangan Rivian elektropikapi (video) Amerikaning Rivian markasi tomonidan ishlab chiqarilgan R1T elektropikapi o‘zining yangi qobiliyatini namoyish etdi. Avtomobil chuqurligi 91 santimetrga teng sun’iy suv havzasiga tushirilgan bo‘lib, R1T hech qanday muammosiz uni bosib o‘tgan, deb xabar beradi Motor.

Test davomida Rivian R1T prototipi uzun basseynga «sho‘ng‘ib», sekinlik bilan unda harakatlangan va hech qanday muammosiz narigi tarafidan chiqqan. Sinov muvaffaqiyatli o‘tgan: suv mashina saloniga kirmagan va elektrokarning barcha tizimlari soz holatda qolgan. Keyinroq ishlab chiqaruvchi suv havzasining chuqurligi 91 santimetrdan ortiqligini ma’lum qilgan.

Rivian markasi R1T pikapiga buyurtmalarni 2020 yilning kuzidan boshlab qabul qilmoqda, ammo ishlab chiqarish hamon boshlanmagan: boshqa ko‘plab ishlab chiqaruvchilar kabi amerikaliklarga pandemiya xalaqit bergan. Electrek nashrining yozishicha, elektropikapni yetkazib berish ishlari sentabrdan boshlanadi.

Launch Edition modifikatsiyasiga ega R1T 765 ot kuchi va 1120 Nm aylanuvchi momentga ega dvigatel yordamida harakatga keladi. Model soatiga 97 kilometr tezlikka uch soniyada erishadi. Launch Edition to‘liq sotib olingan, qolgan ikki versiya —Adventura va Explore — 2022 yil boshida paydo bo‘lishi kerak.

R1T’ning o‘ziga xos xususiyatlari orasida «tank» rejimi ham mavjud bo‘lib, uning yordamida pikap joyida burila oladi: modeldagi g‘ildiraklar old va orqa o‘q bo‘yicha turli tomonlarga burilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 167
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar