“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 18:20
ЎЗO‘Z

«Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida

23 apr, 14:12 3 017 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qoplamaning xizmat qilish muddati belgilanmagan» — Senat avtoyo‘llar borasidagi kamchiliklar haqida
Oliy Majlis Senati yig‘ilishida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov avtomobil yo‘llarini qurish, ta’mirlash va rekonstruksiya qilish borasida olib borilgan o‘rganishlarni ochiqlab, avtomobil yo‘llari sifati bo‘yicha nazorat va quruvchilar oldiga mas’uliyat qo‘yish ham ta’minlanmayotganini ta’kidladi.

«Qo‘mita tomonidan yo‘l-qurilish sohasini o‘rganish jarayonida yo‘llarni sifatsiz qurish va ta’mirlashga quyidagi omillar sabab bo‘lgan:

Birinchidan, avtomobil yo‘l-qurilish sohasida buyurtmachi, loyihachi, pudratchi, saqlovchi va yo‘l-qurilish materiallari ishlab chiqarish funksiyalari, loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish, sohaga oid hujjatlarni ishlab chiqish aksariyat hollarda Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va uning tasarrufidagi korxonalar tomonidan bajarilmoqda.

Avtomobil yo‘l-qurilishiga oid barcha funksiyalar bitta tashkilotda jamlangan, bu amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga zid va qolaversa, avtomobil yo‘llarining sifat ko‘rsatkichiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xalqaro tajribadan kelib chiqilsa, boshqa birorta xorijiy mamlakatlarda bunday tizim mavjud emas.

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 1 noyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizomda avtomobil yo‘l-qurilish ob’ektlarida pudratchi tomonidan bajarilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifatini aniqlash bo‘yicha sinov laboratoriyasini jalb qilish ushbu pudratchi tashkilotga yuklatilgani sababli o‘ziga ma’qul bo‘lgan laboratoriyani tanlash sharoiti mavjud. Buning oqibatida pudratchi tashkilot va laboratoriya tashkilotining bir-biriga moliyaviy manfaati borligi tufayli bajarilgan ishlarining sifati yuzasidan sinov laboratoriyasi xulosalari kelishilib, rasmiylashtirish holatlari ko‘p uchramoqda.

Bundan tashqari, bajarilgan ishlarni buyurtmachi tomonidan to‘lovga qabul qilishda pudratchi tomonidan jalb qilingan laboratoriya xulosalariga tayangan holda moliyalashtirilmoqda. Natijada yo‘l-qurilish ishlari sifati to‘liq ta’minlanmasligiga olib kelmoqda.

Uchinchidan, avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash ishlari bajarilgandan so‘ng uning xizmat qilish muddatiga 226-son qarorda ko‘rsatilgani kabi talab belgilanmagan. Shuningdek, bugungi kunda joriy ta’mirlash ishlarini loyihalash va sifatini nazorat qilish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar mavjud emas.

Joriy ta’mirlashda bajarilgan ishlarni ishchi komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzish, ta’mirlash ishlari qilingan hududlarda bir yil davomida buzilishlar paydo bo‘lgan taqdirda pudratchining hisobidan bartaraf etilishi to‘g‘risida pudratchining kafolat muddati va eng muhimi, butun uzunlik bo‘yicha yotqizilgan qoplamaning xizmat qilish muddatlari belgilanmagan.

Oqibatda amalga oshirilgan yo‘l ishlarining sifatsiz bajarilishiga va o‘z navbatida, joriy ta’mirlash ishlari bajarilganidan so‘ng ma’lum muddat foydalanmasdan, yana ta’mirga muhtoj holatga kelishiga sabab bo‘lmoqda», dedi Qutbiddin Burhonov.

Shuningdek, u mavzu qamrovi kengligi sababli qo‘mita tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘rganishlar davom etayotganini, o‘rganish yakunlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 44
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 60
  • Bo‘limlar