“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:36
ЎЗO‘Z

Jizzaxda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi quriladi

02 apr, 22:11 3 393 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jizzaxda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi quriladi Toshkentda 31 mart kuni Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Azim Ahmadxo‘jayevning Fransiyaning O‘zbekistondagi ishonchli muvaqqat vakili Bris Rokfey hamda fransuz biznes-hamkorlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Azim Ahmadxo‘jayev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Azim Ahmadxo‘jayev
Unda Fransiya tomoni ishtirok etayotgan float-oyna va Fives Stein avtomobillar uchun oyna ishlab chiqarish zavodi, mahalliy ishlab chiqarilayotgan BOPP plyonkalarini sotish (ayni paytda oziq-ovqat uchun plyonka mamlakatga import qilinmoqda) kabi Jizzaxning uch investitsiya loyihalarining hozirgi ahvoli muhokama qilinib, dastlabki bitimlar imzolandi.

Shuningdek, 2021 yilda Renault-AvtoVAZ avtomobil zavodi qurilishi va ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralar jarayonida mazkur loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari belgilab olindi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatida turizm biznesini rivojlantirish uchun Fransiyaning sayyohlik kompaniyalarini jalb etish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi rahbari Bris Rokfey Jizzax hududini rivojlantirishdagi jadal o‘sish sur’atini alohida qayd etib, mo‘ljallangan qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga qat’iy ishonch bildirdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar