“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 19:21
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 7 ta yangi kompaniya avtomobillar ishlab chiqaradi

05 yanv, 10:18 8 664 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 7 ta yangi kompaniya avtomobillar ishlab chiqaradi Mamlakatimizda «UzAuto Motors» hamda yana yetita kompaniya tomonidan turli rusumdagi yangi avtomobillar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Prezidentning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturida so‘z boradi.

Unga ko‘ra, 2021 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalar manzilli dasturiga muvofiq, quyidagilar:

1. «Navoi-Motors» XK (pikap, kichik yuk mashinalari, miniven, yo‘l tanlamas, elektromobil, traktorlar) – 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan Avstriya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 12 mln dollar miqdoridagi loyiha;

2. «Manas avto-sanoat» MCHJ (yuk mashinalari) – 2021 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 8 mln dollar bo‘lgan loyiha;

3. «Namangan Shangan motors» MCHJ (yengil avtomobillar) – 2021 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan BAA kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 2 mln dollar bo‘lgan loyiha;

4. «ADM Jizzakh» MCHJ (Lada, Kia, Renault) – 2021-2022 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Koreya eksimbanki ishtirokidagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 43,3 mln dollar bo‘lgan loyiha;

5. «Auto Motors Asia» MCHJ (krossoverlar, yuk avtomashinalari, mikroavtobuslar) – 2021-2022 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 10,5 mln dollar bo‘lgan loyiha;

6. «Abbos-Eko Agro» MCHJ (yengil avtomobil, miniven, kichik yuk avtomobillari) – 2021-2023 yillarda ishga tushirilishi kutilayotgan Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikdagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 10 mln dollar bo‘lgan loyiha;

7. «Hyundai Motor Uz Namangan» MCHJ (tijorat yuk avtomobillari) – Koreya kompaniyalari ishtirokidagi, xorijiy investitsiyaning umumiy qiymati 200 mln dollar bo‘lgan loyiha.

Shuningdek, 2020-2022 yillarda UzAuto Motorsning xorijiy sheriklari bilan birgalikda xorijiy investitsiyalar umumiy qiymati 177 mln dollar bo‘lgan loyihalar doirasida yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur loyihalar uchun jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar umumiy qiymati 462,8 mln dollar miqdorida baholanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 0
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 0
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 0
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 29
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 10
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 25
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 15
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 86
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 28
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 159
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 297
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 73
  • Bo‘limlar