“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 01:25
ЎЗO‘Z

600 mln. so‘mlik chiroyli raqam ko‘chadagi mashinaga taqilgani bo‘yicha izoh berildi

04 yanv, 17:46 3 203 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
600 mln. so‘mlik chiroyli raqam ko‘chadagi mashinaga taqilgani bo‘yicha izoh berildi Samarqand viloyatidagi onlayn auksionda savdoga qo‘yilgan qimmatbaho avtoraqam allaqachon Samarqand shahri ko‘chalarida harakatlanayotgan avtomobillardan biriga taqilgani aks etgan surat tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqdagi yana bir videoda esa boshqa bir avtomobilda xuddi shu avtoraqam (30 Z777ZZ) borligini ko‘rish mumkin.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati bu holat yuzasidan munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, hozirda ushbu davlat raqam belgisi viloyat IIB YHXB ixtiyorida saqlanmoqda.

«Samarqand ko‘chalarida taqib yurilgan «Malibu» rusumli mashinadagi raqam fotoshop dasturi orqali qo‘yilgan. Ushbu raqam auksion orqali sotib olgan fuqaroga tegishli tartibda rasmiylashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi haqiqatga yaqin bo‘lmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz
», deyiladi viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Shuningdek, keyinroq tarqalgan ikkinchi video yuzasidan izoh berilgan.

«Ushbu raqam oq rangli «Malibu» avtomashinasiga qo‘lbola yasab o‘rnatilganligi aks etgan video ham tarqaldi. Hozirda ushbu haydovchini aniqlash choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.

Ayni daqiqalarda 30 Z777ZZ davlat raqami uchun onlayn auksion davom etmoqda va bu raqamning narxi 596 mln so‘mga yetgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 0
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 0
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 0
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 4
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 12
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 44
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 41
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 9
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 41
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 32
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 32
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 71
  • Bo‘limlar