“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 18:17
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin

30 dek, 09:44 3 865 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «O‘zavtosanoat» AJ xalqaro konsalting tashkilotlari va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda 2021 yil 1 fevralga qadar loyihalarni amalga oshirish aniq muddatlari, ishlab chiqarish quvvati, moliyalashtirish miqdori, davlat tomonidan beriladigan ko‘maklar va boshqa ma’lumotlarni nazarda tutgan «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarida faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan yengil avtomobillar va mototransport vositalarini ishlab chiqarish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Moliya vazirligi 2021 yil va keyingi yillarga mo‘ljallangan Davlat budjetini shakllantirishda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalari respublika hududida xarid qilinganda va (yoki) vaqtinchalik olib kirilganda ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda avtomototransport vositalari egalari (ulardan foydalanuvchilar) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlarni bekor qilishni nazarda tutadi.

Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi, «O‘zeltexsanoat» uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda xalqaro amaliyotni o‘rganish asosida zamonaviy texnologik tizimlardan foydalangan holda faqat elektr dvigatel orqali harakatlanadigan avtomototransport vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zaryadlash terminallarini o‘rnatishni tashkil qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 216
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 233
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 395
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 223
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 4
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 18
  • Abituriyentlar avval test topshirib, keyin qayerda o‘qishni tanlaydi 08 мая, 17:13 26
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 13
  • Sirtqi ta’lim bosqichma-bosqich tugatiladi 08 мая, 16:30 32
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 37
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 27
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 176
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 27
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 113
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 224
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 112
  • Bo‘limlar