“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:59
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda «Labo» elektromobili ishlab chiqarish ko‘zda tutilmokda

31 okt, 22:04 3 211 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda «Labo» elektromobili ishlab chiqarish ko‘zda tutilmokda O‘zbekistonda «Labo» avtomobili bazasida elektromobil yaratish loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashriga «O‘zavtosanoat» qoshidagi R&D markazi muhandisi Fikret Umerov ma’lum qildi. Muhandisning aytishicha, «Labo»ning elektromodeli ishlab chiqilgach, uning sarf-xarajatlari keskin kamayadi. Loyiha qiymati 780 mln so‘mni tashkil etadi.

«Bizning markaz tomonidan «UzAutoMotors» talablariga muvofiq ravishda milliy elektromobilni yaratish, avtomobillarni elektrlashtirish mo‘ljal qilib olingan.

Buning uchun birinchi bo‘lib «Labo» avtomobilini tanladik. Sababi, bu avtomobil konstruktiv nuqtai nazardan yengilroq va viloyatlarda keng ishlatilayotgan, ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil hisoblanadi.

Ushbu avtomobil tannarxini tushirish uchun uning konstruksiya qismlarini maksimal darajada saqlab qolish harakatidamiz. Bu jarayonda mashinaning ichki yonuv dvigateli va uzatmalar qutisi olib tashlanadi, o‘rniga elektr dvigatel, reduktor va kontrollyor o‘rnatiladi. Kinematik sxema va uni boshqaradigan elastik boshqaruv dasturini ishlab chiqyapmiz. Shuningdek, boshqaruv matematik modelini yaratyapmiz.

«Labo» elektromobilining boshlang‘ich tannarxi 10 ming AQSH dollari atrofida bo‘ladi. Lekin bu mahalliylashtirilmagan holatida shunday. Qimmat, deyish mumkin. To‘g‘ri, chunki detallar import qilinadi. Uni keyinchalik mahalliy ishlab chiqarishga qo‘yish uchun birinchi navbatda iqlim sharoitida sinovdan o‘tkaziladi. Bu bo‘yicha O‘zbekiston standarti yaratilmagan. Buni ham o‘zimiz yaratishimiz kerak. Negaki, bizning iqlim Yevropanikidan keskin farq qiladi
», dedi u.

Muhandisning so‘zlariga ko‘ra, avtomobilning bir quvvatlanishi minimal 150 kilometr, maksimal 250 kilometrgacha masofaga yetishi ko‘zda tutilgan. Quvvatlash 220 voltli tokdan bo‘lsa, 4 soatdan 8 soatgacha, quvvatlash stansiyasida esa maksimal 1 soat ketadi.

«Labo» elektromobilini yarim yil ichida yaratish ko‘zda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 215
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar