“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:03
ЎЗO‘Z

Skoda Kodiaq oktabr’ oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqadi

12 sen, 19:19 3 922 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Skoda Kodiaq oktabr’ oyida O‘zbekiston bozoriga sotuvga chiqadi Foto: «Skoda-avto.ru»
Jizzakh Auto (Volkswagen Uzbekistan) kompaniyasi VAG konserni lineykasidagi ikkinchi brend — Skoda’ni O‘zbekiston bozoriga chiqarmoqda. Bu haqda Telegram’dagi «Na begu» kanali muallifi Malik Karimov ma’lum qildi.

Avvalroq zavod Volkswagen Caddy tijoriy avtomobillarini sotishni boshlagan edi. Skoda lineykasidagi birinchi avtomobil modeli 2021 yilining yetti o‘rindiqli Kodiaq krossoveri bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, avtoulovlarga oldindan buyurtma oktabr oyida ochiladi va yetkazib berish shu oydan boshlanadi. Toshkentda ikkita dilerlik markazining ochilishi kutilmoqda.

Foto: «Skoda-avto.ru»
«Menga ma’lum bo‘lishicha, mashinalar narxi qo‘shni davlatlarga yoki Rossiyaga qaraganda arzonroq bo‘ladi, keling rasmiy ma’lumotni kutib qolaylik», — dedi Malik Karimov.

Kompaniyaning «Gazeta.uz»ga aniqlik kiritishicha, Skoda Kodiaq Rossiyaning Kaluga shahridagi «Grabsevo» texnoparkida joylashgan Volkswagen Group Rus zavodidan yetkazib beriladi. Rossiyada avtomobil narxi komplektatsiyasiga qarab 21,5 mingdan 41,3 ming dollargacha o‘zgarib turadi.

Prezident qaroriga ko‘ra, birinchi bosqichda — 2020−2021 yillarda Volkswagen va Skoda avtomobillarini tayyor holda olib kirish rejalashtirilgan. Farg‘ona, Toshkent va Jizzaxda dillerlik va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ishga tushiriladi. Ikkinchi bosqichga ko‘ra, 2022 yildan boshlab to‘liq ishlab chiqarish sikli tashkil qilinadi va investitsiyalar hajmi, avtomobil eksporti masalalari ham hal qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 21 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Volkswagen, Skoda va Isuzu avtomobillari bilan tanishgandi. Ular orasida Kodiaq ham bor edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar