“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 18:46
ЎЗO‘Z

Kusherboyev: UzAuto Motors monopol yuqori narx qo‘llaganini tasdiqlovchi to‘rt alomat aniqlandi

05 avg, 15:43 4 190 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kusherboyev: UzAuto Motors monopol yuqori narx qo‘llaganini tasdiqlovchi to‘rt alomat aniqlandi Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAuto Motors AJga nistabat tegishli ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergan edik.
Deputat Rasul Kusherboyev UzAuto Motors AJ vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan videokonferens haqida fikr bildirdi.

"Kuni kecha Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAuto Motors AJda O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi qonuni va sohani tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi, shu jumladan, ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar tannarxi shakllanishi va narx qo‘llanilishi asosliligi yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida qo‘zg‘atilgan ish UzAuto Motors AJ vakillari ishtirokida videokonferens rejimida ko‘rib chiqildi.

Tekshirish jarayonida quyidagi qonunbuzilish alomatlari aniqlangan. Xususan, UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning amaldagi narxlarini shakllantirishda ayrim xarajatlarni oshirib kiritganligi sababli monopol yuqori narx qo‘llanilishi alomatlari aniqlangan. Bunda:

Birinchidan, avtomobillarning bazaviy narxini shakllantirishda normalanadigan xarajatlarni, ya’ni butlovchi qism va materiallar narxini oshirib kiritish;

Ikkinchidan, Jamiyat tomonidan avtomobillarning bazaviy narxini shakllantirishda o‘tgan yilning 9-oylik hisobot ko‘rsatkichlari inobatga olish oqibatida normalanmaydigan xarajatlarning oshishi;

Uchinchidan, Jamiyat tomonidan avtomobillarning bazaviy narxini shakllantirishda reklama xarajati va boshqa xarajatlar asossiz kiritilishining narxga ta’siri;

To‘rtinchidan, avtomobillarning bazaviy narxini shakllantirishda kreditga bog‘liq xarajatlarning noto‘g‘ri kiritilishi kabi omillar narx yuqori shakllanishiga sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari yengil avtomobillarni iste’molchilarga realizatsiya qilishda ayrim dilerlarga boshqalariga nisbatan afzal holatga qo‘yadigan imtiyoz va yengilliklarni berish, yangi tashkil etilayotgan dilerlar bilan shartnoma tuzishda shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni qo‘yish kabi holatlarni sodir etish alomatlari aniqlangan. Bu qisqa muddatda sotilgan avtomobillarning aksariyat qismi kam sonli ayrim dilerlar orqali sotilishiga sabab bo‘lgan. (Shu yeri juda shubhali harakat)

Yana bir masala: “UzAuto Motors” AJ yangi tashkil etilayotgan dilerlik markazlari bilan tuziladigan dilerlik shartnomasiga 10 mlrd so‘m miqdorida oldindan to‘lov o‘tkazish shartini kiritgan bo‘lib, biroq shu kunga qadar amalda ishlab turgan dilerlik markazlari bilan tuzilgan shartnomalarda bunday shartlar mavjud emas. Bu o‘z o‘rnida yangi ishtirokchilarning “bozor”ga kirib kelishida sun’iy to‘siq paydo qilgan.

Yana bir qiziq holat shundaki, maxsus aksiyaga tushgan avtomobillarni muddatli to‘lov asosida sotishni UzAuto Motors AJ o‘zi ta’sischiligidagi “Autosanoat Invest” MCHJ orqali amalga oshirish tizimini shakllantirgan. Bunda boshqa dilerlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu ishni amalga oshira olishmay, sun’iy to‘siq qo‘yilgan.

Bu holatlar atroflicha muhokama etildi. Va kutilganidek, UzAuto Motors AJ bu vajlarni tan olmay qo‘shimcha hujjatlar bilan tanishib chiqib, ish mazmuniga ta’luqli materiallarni taqdim etishini bildirib o‘tdi. Shu sababli ishni ko‘rishni yaqin kunlarda davom ettirishga qaror qilindi.

Muhokamada Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan ish bo‘yicha maxsus komissiyasi qaror qabul qilganidan so‘ng natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Shu sababli qo‘mita tekshiruvida aniqlagan raqamlar va ularning tahlili haqida komissiya qaroridan so‘ng batafsil to‘xtalib o‘tamiz", deyiladi deputat axborotida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 375
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 87
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 20
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 56
  • Bo‘limlar