“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 14:40
ЎЗO‘Z

Gretsiyada tom qismi metall shishadan ishlagan 3000 ot kuchiga ega giperkar yaratildi

29 iyun, 23:13 3 238 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Gretsiyada tom qismi metall shishadan ishlagan 3000 ot kuchiga ega giperkar yaratildi Foto: Motor
Spyros Chaos giperkari nafaqat ishlab chiqarilgan davlati bilan (Gretsiya), balki unga ishlatilgan materiallari bilan ham kishini hayratga soladi. Ikki eshikli model tomi juda mustahkam metall shishadan ishlagan, deb xabar beradi Motor.

Spyros Panopoulos Automotive va uning asosichisi Spiros Panopulos ushbu modelni dunyodagi eng birinchi «ultrakar» deb ataydi — avtomobil barcha jihatlari bo‘yicha o‘z raqobatchilarini ortda qoldiradi. Yuqori sifatga nafaqat titan va keramik porshenlarga ega dvigatel, shuningdek, Zylon polimerli ugleplastikdan ishlangan shatunlar, balki kuzov paneli va monokok materiallari ham javob berishi kerak. Mazkur model tomi AQSHdagi uchta universitet mutaxassislari tomonidan 2016 yilda yaratilgan SAM2X5-630 metall shishadan ishlangan.

Gretsiyada yaratilgan giperkarga 4,0 litrli tvin-turbo o‘rnatilgan. Titan porshen va shatunlarga ega dvigatel varianti 2000 ot kuchini taqdim eta oladi, kuchliroq variantlari esa 3000 ot kuchigacha. Giperkar sakkiz pog‘onali «robot» uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Mashinani yaratishda ishlatilgan material noyob mexanik xususiyatga ega: u kuchli zarbalarga bardosh berishga qodir, ta’sir etgan kuchdan so‘ng u o‘z shaklini qayta tiklay oladi. Dinamik pishiqlik ko‘rsatkichi 12 gigapaskalga teng. Masalan, zanglamaydigan po‘latda ushbu ko‘rsatkich 0,2 ga, zirhni teshuvchi o‘qlar «yurakchasi»da ishlatiladigan volfram karbidida esa 4,5 gigapaskalga teng.

Metall shisha — Spyros Chaos konstruksiyasidagi yagona noodatiy material emas. Giperkar monokoki Zylon tolasidan ishlangan. NASA ushbu polimerdan haddan tashqari bosimli yuzalarda, SpaceX esa Crew Dragon parashutchilari chilvirini yasashda foydalanadi.

Spyros Chaos kuz faslida Jenevada taqdim etiladi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 221
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 21
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 30
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 16
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 36
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 135
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 70
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 25
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 24
  • Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi 30 apr, 10:01 147
  • Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi” 30 apr, 09:55 82
  • Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi 30 apr, 09:15 156
  • AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti 30 apr, 09:09 91
  • Bo‘limlar