“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir MCHJ faoliyatiga chek qo‘yildi

11 iyun, 08:30 3 334 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Foizsiz bo‘lib to‘lashga avtomashina olib beruvchi yana bir MCHJ faoliyatiga chek qo‘yildi 2019 yil may oyidan 2019 yil sentabr oyiga qadar E.I. va boshqalar bilan birga uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab qonunga xilof ravishda Jizzax shahrida joylashgan Almaz Super Avto MCHJni ta’sis qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ular fuqarolarning mulkini egallash maqsadida avtotransport vositalarini foizsiz 2 va 5 yil muddatga pulini bo‘lib to‘lash sharti bilan fuqarolarga olib berishni va’da qilgan.

Qayd etilishicha, bu shaxslar faoliyatini reklama qiluvchi flayerlarni MCHJda tashkil qilingan tariflar turiga qarab 2.625.000 so‘mdan 9.100.000 so‘mgacha sotib, o‘zining zimmasidagi majburiyatni OAV va internet tarmog‘i orqali yangi jalb qilingan Andijon, Farg‘ona va Namangan filiallarida shartnoma tuzilgan jami 446 nafar mijozdan qabul qilingan 3.125.604.413 so‘m pullardan 1.626.055.000 so‘m pullarni MCHJ hisob raqamiga kirim qilib, qolgan 1.499.549.413 so‘m pullarni kirim qilmasdan fuqarolarga avtomashina olib bermasdan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, E.I.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi 3-qismi “a,v” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 189-moddasi 1-qismi bilan, E.Q. va D.X.ga JKning 188-1-moddasi 3-qismi “a,v” bandi, 189-moddasi 1-qismi bilan ayb e’lon qilinib, E.I.ga nisbatan “qamoqqa olish”, E.Q. va D.X.ga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov davomida jabrlanuvchilarga yetkazilgan 3.125.604.413 so‘m moddiy zararning 1.110.000.000 so‘mi undirilgan.
Jinoyat ishi tegishli tartibda sud muhokamasiga yuborilgan, deyiladi ma’lumotda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 222
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 12
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi 30 apr, 11:30 213
  • Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi 30 apr, 11:13 124
  • Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi 30 apr, 10:50 43
  • O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin 30 apr, 10:26 34
  • Bo‘limlar