“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 16:02
ЎЗO‘Z

O‘zbek avtomobillarini Rossiya bozoriga olib kirish vaqtincha “muzlatildi”

07 мая, 03:45 4 262 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek avtomobillarini Rossiya bozoriga olib kirish vaqtincha “muzlatildi” UzAuto Motors kompaniyasi bojxonadagi ushlanib qolishlar va dilerlar bilan bog‘liq muammolar tufayli Rossiyada Chevrolet avtomobillari sotuvini boshlay olmayapti. Bu haqda Gazeta.ru manbasi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “budjet” modellari Rossiya bozorlariga qaytishi haqidagi xabarlar shu yil fevral oyida paydo bo‘lgandi. O‘shanda gap Rossiyada Ravon markasi ostida tanilgan avtomobillar haqida ketgandi.

Gap shundaki, UzAuto Motors va General Motors konserning Rossiyadagi vakolatxonasi mashinalar savdosini mart oyidayoq boshlanishini ma’lum qilgan. Buning natijasida esa birinchilardan bo‘lib ushbu davlatga Chevrolet Spark (sobiq Ravon R2), Chevrolet Nexia (sobiq Ravon Nexia R3) va Chevrolet Cobalt(Ravon R4) rusumlari olib kelinishi kerak edi.

Ammo ayrim sabablar bilan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarni Rossiyaga yetkazib berishni tashkil etishning imkoni bo‘lmadi. Koronavirus bois joriy etilgan cheklov choralari esa avtoulovlarni kelgusida bojxonadan o‘tkazishni ham qiyinlashtirib yubordi.

Boz ustiga, UzAuto Motors Rossiyada haligacha to‘laqonli dilerlik tarmog‘ini tashkil eta olmadi. O‘tgan yillarda ham Ravon avtomobillarini Rossiya bozorlariga yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar bir necha bor kuzatilgan edi.

Endi Chevrolet brendidagi tejamkor avtomashinalarning Rossiyadagi savdosi eng yaxshi holatda yoz fasli o‘rtalarida boshlanishi mumkin. Ularning narxlari haligacha e’lon qilinmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 10
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • Bo‘limlar