“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 18:48
ЎЗO‘Z

Koronavirus avtomobillarni tanib bo‘lmas darajaga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi

04 мая, 17:30 3 406 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus avtomobillarni tanib bo‘lmas darajaga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ma’lum qilindi Foto: Autorambler
Pandemiya dunyoning ko‘plab avtomobilsozlik kompaniyalariga jiddiy zarar yetkazdi. Ko‘plab avtomobil dizaynerlarining fikricha, koronavirus kelajak avtomobillarining yaratilishiga turtki bo‘ladi, deb xabar beradi Autorambler.

«Pandemiya bizning xavfsizlik va hashamat borasidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradi», — deydi Daimler bosh dizayneri Gordon Vagener. Mazkur fikrni Rolls-Royce’dagi hamkasbi Feliks Kilbertus ham qo‘llab-quvvatlagan. Uning ta’kidlashicha, kelajak avtomobillarining vazifasi — o‘z egasiga erkinlik va xavfsiz harakatlanish hissini taqdim etishdan iborat.

Hozirda ko‘plab avtobrendlar havoni tozalovchi turli tizimlarni sinovdan o‘tkazishni boshlab yubordi. Masalan, Jaguar Land Rover (JLR) bakteriya va viruslarning salonda tarqalishini to‘xtatuvchi ultrabinafsha lampani yaratishni boshladi. JLR vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi texnologiya soddalashtirilib, salon iqlimini nazorat qiluvchi tizim bilan integratsiyalashishi mumkin.

Foto: Autorambler
Mercedes kabi avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar avtomobil tashqarisida ham havo tozalash g‘oyasini ilgari surmoqda. Vagener bu kabi tizimning tafsilotlarini oshkor qilmagan, biroq mazkur yangilikni u «mashina havodagi patogenlarni so‘rib olib, uni tozalaydi» deb izohlagan.

Shu bilan birga, Rolls-Royce xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladigan qurilmalarni yaratish ustida ish olib bormoqda. Gap avtomobil uchun «ko‘rinmas-yopinchiq» haqida ketmoqda. Kilbertusning so‘zlariga ko‘ra, innovatsion yopinchiq mashina tomini potensial o‘g‘rilardan himoya qilishi mumkin, biroq dizayner sirli qurilmaning ishlashi haqidagi ma’lumotlarni oshkor etmagan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 19
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 18
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 49
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar