“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 19:26
ЎЗO‘Z

Saloni oq timsoh terisi bilan qoplangan «Volga» sotuvga qo‘yildi

21 apr, 15:34 5 209 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saloni oq timsoh terisi bilan qoplangan «Volga» sotuvga qo‘yildi Foto: «Auto.ru»
«Auto.ru» saytida 2001 yilda ishlab chiqarilgan 3111 indeksli «Volga» sotuvga qo‘yilgani haqida e’lon paydo bo‘ldi. Mazkur model 424 nusxada ishlab chiqarilgan bo‘lib, sotuvga qo‘yilgan nusxa o‘ta noyob hisoblanadi. Avtomobil saloni oq timsoh terisi bilan qoplangan, pol qismiga esa qo‘y terisi to‘shalgan. Mashina 4 million rubl (52 ming dollar)ga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

«Volga» 136 ot kuchiga ega 2,5 litrli motor yordamida harakatga keladi. U besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi orqali boshqariladi. Mazkur «Volga»ni qayta ishlashga Smirnov konstruktorlik byurosi mas’ul bo‘lgan: unda «GAZ-21»ning xromlangan hashamat davri mujassamlashtirilgan va premium sinfiga oid zamonaviy avtomobillardagi kabi qimmatbaho materiallardan foydalanilgan. Konsepsiya «Timsoh ovchisi» nomini olgan.

Foto: «Auto.ru»
Oq timsoh terisidan tashqari kedr yog‘ochidan foydalanilgan, salondagi qurilmalar yoqut rangida tovlanadi, kapotga esa «Volga»ning klassik atributi — xromlangan bug‘u o‘rnatilgan. Shuningdek, mashinaga Brembo tormozlari va 18 dyuymli diskalar o‘rnatilgan.

Foto: «Auto.ru»
«GAZ-3111» 1999 yildan 2004 yilga qadar ishlab chiqarilgan, ahamiyatli jihati, mashinalar qo‘lda yig‘ilgan. Ushbu davr mobaynida 400 dan ortiq avtomobil yig‘ilgan bo‘lib, bozorda juda katta mashhurlikka erishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 375
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar