“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:00
ЎЗO‘Z

Sovet davri avtomobillari bugungi kunda qanchadan sotilgan bo‘lardi?

24 mar, 16:10 7 288 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sovet davri avtomobillari bugungi kunda qanchadan sotilgan bo‘lardi? Foto: Motor
«Rossiya gazetasi»ning jurnalistlari Sobiq sovet davrining bessellerlari — «VAZ 2101», «Zaporojes» va «Moskvich» hozirgi kunda necha puldan sotilgan bo‘lishi mumkinligini hisoblab ko‘rdi, deb xabar beradi Daryo.

Sovet davridagi pulni hozirgi kun bilan taqqoslash uchun jurnalistlar 1965 yildan 1975 yilgacha bo‘lgan davrdagi yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarning eng kam miqdorini solishtirdi. O‘sha vaqtda bu 40 rublni tashkil etgan. Hozirda esa ushbu summa 11 185 rublga teng. Bundan kelib chiqadiki, bir sovet rubli 279,6 hozirgi zamon rubliga teng.

Bu orqali sovet avtomobillari hozirda qancha turishini hisoblash mumkin. Masalan, 1975 yilda «Kopeyka» («Jiguli») 5620 rubl turgan. Ushbu summa 279,6 rublga ko‘paytirilsa, 2020 yilda bu mashina 1 571 352 rubldan (20 500 dollar) sotilgan bo‘lardi. Hozirda Skoda Octavia yoki Renault Arkana taxminan shu narxda sotilmoqda. Yana bu pulga O‘zbekistonda ikkita Nexia-3 ham olish mumkin.

Foto: Motor
«Quloqli Zaporojes» esa 1972 yili 3000 rubldan sotilgan. Hozirgi narxga taqqoslaganda uni 830 700 rublga (10 800 dollar) sotib olish mumkin bo‘lardi. Bugungi kunda ushbu pullarga Lada Vesta yoki Chevrolet Cobalt xarid qilish mumkin.

«Moskvich» 1975 yilda 4936 rubl yoki hozirgi vaqt bo‘yicha 1 380 105 rubl (17 900 dollar) turgan. Hozirda ushbu pulga bemalol Hyundai Creta yoki Tayota Corolla sotib olsa bo‘ladi. Bu pulga yana ozroq qo‘shilsa, O‘zbekistonda Chevrolet Tracker olish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 375
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 0
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 0
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 1
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 1
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 4
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 6
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 12
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 32
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 22
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 43
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 88
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 76
  • Bo‘limlar