“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:34
ЎЗO‘Z

Avtomobillar narxlari oshganidan so‘ng: xaridlar soni pasayish o‘rniga oshib bormoqda

14 mar, 23:00 5 978 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Avtomobillar narxlari oshganidan so‘ng: xaridlar soni pasayish o‘rniga oshib bormoqda UzAuto Motors yengil avtomobillarning yangi narxlarini e’lon qilganidan so‘ng mashinalarga talab pasayish o‘rniga ko‘paygan. Buni «O‘zavtosanoat» aksionerlik jamiyati matbuot xizmati rahbari Zumrad Shojalilova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ta’kidlab o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 9 mart kunidan boshlab har kuni o‘rtacha 1487ta avtomobilga shartnoma tuzilmoqda.
«2020 yilning 9–12 mart kunlari 5949ta avto avtomobilga shartnoma tuzildi. Agar ushbu raqamni shartnomalar imzolangan 4 kunga taqsimlasak, kuniga o‘rtacha 1487 ta avtomobil uchun shartnoma imzolanayotgani kelib chiqadi. Bu avvalgi oydagi ko‘rsatkichimizdan 42 foizga ko‘proqdir», — dedi Zumrad Shojalilova.

Biroq, «O‘zavtosanoat» aksionerlik jamiyati matbuot xizmati rahbari oldingi oyda ko‘rsatkichlar qanday bo‘lganini taqdim etmadi va faqat narxlar keskin oshirilganidan keyingi raqamlarni oshkor qildi. Ya’ni, solishtirish imkoniyatini o‘zida qoldirdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, 9–12 mart kunlari jami:
2172ta «Lacetti»;
1194ta «Cobalt»;
975ta «Nexia-3»;
671ta «Spark»;
519 ta «Damas-2»;
281ta «Malibu-2»;
84ta «Tracker»;
41 ta «Trailblazer» LTZ-AT;
7 ta «Traverse Premier» AT;
5 ta «Equinox» AT uchun shartnoma tuzilgan.

Boz ustiga, hisob-kitob ishlari yakuniga yetmagani sababli 13–14 mart kunlarida nechta avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzilgani haqidagi ma’lumotlarni «O‘zavtosanoat»dan olishning imkoni bo‘lmadi.
Lekin jadvalga qarab, xarid tendensiyasi pasayish tomon yuz tutganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 9 mart kuni avtomobillarning narxlari modifikatsiyasiga qarab 3-21 foiz atrofida oshirilgan edi. Xususan, «Damas» va «Spark» 21 foizgacha, «Nexia», «Cobalt» va «Lacetti» 15 foizgacha qimmatlagan bo‘lsa, yuqori narx segmentidagi avtolar – «Malibu-2», «Tracker», «Trailblazer», «Equinox», «Traverse» va «Tahoe» narxlari o‘zgartirishsiz qoldirilgan.

UzAuto Motors’ning 11 mart kuni e’lon qilingan rasmiy bayonotida avtomobil narxlari oshirilganini dollarning so‘mga nisbatan ayriboshlash kursi o‘sgani, xom ashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshgani, avval soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan kompaniya 2019 yilning oktabr oyidan boshlab soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan, QQS bo‘yicha to‘lashni boshlagani bilan izohlagan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 215
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 231
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 387
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 217
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar