“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 13:16
ЎЗO‘Z

«O‘zavtosanoat» xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovini kamaytirishni taklif qildi

11 mar, 21:09 4 544 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘zavtosanoat» xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovini kamaytirishni taklif qildi Avval xabar qilganimizdek, monopol kompaniya UzAuto Motors avtomobillarning narxi nega oshirilganini ma’lum qildi.

“UzAuto Motors kompaniyasi narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar kon’yunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq ekanligini va shu yilning 4 martiga qadar shartnoma imzolagan xaridorlar uchun barcha shartlar saqlab qolinadi, deyiladi kompaniya xabarnomasida.

Shuningdek, kompaniya “2017 yilning sentabr oyida so‘ngi marta avtomobil narxlari o‘zgarganidan buyon dollarning so‘mga nisbatan ayriboshlash kursi o‘sdi, xom ashyo narxlari, kommunal xizmatlar tariflari, transport xizmatlari narxlari oshdi.

Bundan tashqari, avval soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan UzAuto Motors kompaniyasi 2019 yilning oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliqlarni umumiy asoslarda, jumladan QQS bo‘yicha to‘lashni boshladi. 2019 yilda kompaniya 2,5 trln. so‘m soliq to‘lagan bo‘lsa, joriy yil uchun esa ushbu ko‘rsatkich 4,2 trln. so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda“, degan vajlarni keltirdi.

2019 yilda kompaniya kredit dasturlari, muddatli to‘lov va boshqa maxsus takliflar natijasida jami 52 mingdan ortiq mashina sotgan.

Shuningdek, avtomobil bozorida sog‘lom raqobatbardosh ekotizimni yaratish maqsadida “O‘zavtosanoat” mas’ul davlat organlariga O‘zbekiston bozoriga olib kiriladigan xorijiy avtomobillarga bojxona to‘lovlarini kamaytirish tashabbusi bilan chiqqanini bildirdi.

Rasmiy xabarnomada aytilishicha, ichki bozorda raqobatning kuchayishi UzAuto Motors kompaniyasining boshqaruv tizimini takomillashtirishga, kompaniyaning raqobatbardoshligini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning sifati va hammabopligini oshirishga imkon beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 167
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 227
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 1
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 15
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 62
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 57
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 24
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Bo‘limlar