“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:49
ЎЗO‘Z

Consumer Reports talqiniga ko‘ra eng yaxshi avtomobil brendlari ma’lum qilindi

25 fev, 07:30 3 850 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Consumer Reports talqiniga ko‘ra eng yaxshi avtomobil brendlari ma’lum qilindi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga ixtisoslashgan Consumer Reports notijorat tashkiloti AQSHdagi avtomobil brendlarining navbatdagi tadqiqotini o‘tkazib, eng yaxshi brendlarni ma’lum qildi.

Mutaxassislar bir qator sinovlar, so‘rovnoma, asosiy xavfsizlik tizimlari mavjudligi va “prognoz qilinuvchi ishonchlilik” mezonlari bo‘yicha eng yaxshi brendlar reytingini tuzishdi.

Reytingning yetakchisi Porsche bo‘ldi. Nemis markasining Consumer Reports tomonidan sinalgan barcha uch modeli xarid uchun tavsiya qilingan, mijozlar mamnunligining eng yuqori koeffitsiyenti, yuqori ishonchlilik va xavfsizlikni ko‘rsatgan.

2-o‘rinni Janubiy Koreyaning Genesis, 3-o‘rinni esa Subaru markalari egallagan.
Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek, Mazda, Lexus, Audi, Hyundai, BMW, Kia va MINI brendlari joy olgan.

33 brenddan iborat reytingning oxiri pog‘onasini Fiat markasi egallagan. Shuningdek, GMC (26-o‘rin), Alfa Romeo, Jaguar, Cadillac, Land Rover, Jeep va Mitsubishi brendlari ham ro‘yxatning oxiridan joy olgan.

Consumer Reports mutaxassislarining ma’lum qilishicha, avtomobillarning yo‘lda sinalishi anonim tarzda o‘tkazilgan, mashinalar egalarining mamnunligini baholash uchun ularning bu markadagi mashinani yana sotib olishlari-yo‘qligi so‘ralgan, “prognoz qilinuvchi ishonchlilik” mashina egalarining tezkor sinovi yordamida hisoblangan, xavfsizlik esa mashinaning bazaviy komplektatsiyasida faol va passiv himoya tizimlari mavjudligi bilan baholangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 160
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 215
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar