“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 21:56
ЎЗO‘Z

Toshkent chorrahalarida radarlar tarmog‘i qachon kengayadi?

22 fev, 18:00 3 499 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent chorrahalarida radarlar tarmog‘i qachon kengayadi? Foto: Kun.uz / Olim Saidov - IIV YHXBB boshlig‘i, polkovnik
3 yil avval Toshkent shahri ko‘chalari va chorrahalarida avtomobilning qoidabuzarligini aniqlash maqsadida foto va tezlikni o‘lchovchi radarlar tarmog‘i ishga tushirilgan edi. Biroq, ularning sonini kengaytirish aytilgan bo‘lsa-da, biror ish olib borilayotgani ko‘zga tashlanmayapti. Buning sababi nimada? IIV YHXBBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu masalaga oydinlik kiritildi.

- 2017 yil martidan Toshkent shahrining 100dan ortiq chorrahalarida kameralar o‘rnatilgan va qoidabuzarliklarni qayd eta boshlagan edi. Bugungi kunda, bu ishlar davom etayotgani, to‘xtab qolganini kuzatayapmiz. Bu loyiha bekor qilindimi yoki davom ettiriladimi? Davom ettirish rejalashtirilayotgan bo‘lsa, qachon boshlanadi?

- Xabaringiz bor, poytaxtimizning 115ta chorrahasida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Ular hozir ham ishlab turibdi. Lekin, «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida AKT vazirligi bilan ularni modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Har chorshanba kuni ishchi guruhning yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Sarmoyaviy dasturlar bor, ularning ustida ish olib borilyapti.

Avvalgi videokuzatuv kameralari AJT kompaniyasi tomonidan o‘rnatilgan. Hozirda, sertifikatlash, moliyaviy jihatdan ayrim masalalar bor. Qolaversa, hozirda, muqobil ravishda 3-4ta firmalar tanlab olindi. Ular orasida Nik Vision, Huawei, ABsoft degan kompaniyalar bor. Qaybirining taklifi maqbul topilsa, o‘sha kompaniya kameralari va axborot-kommunikatsiya yechimlari o‘rnatiladi.

AJT kompaniyasi kameralari faqat bir yo‘nalishda, o‘z qatorini qayd qilgan bo‘lsa, konsollarga o‘rnatiluvchi hozirgi zamonaviy kameralar bittasi birdaniga 4ta qatorni, ya’ni o‘zi turgan va qarama-qarshi yo‘lakni qayd eta oladi. Atlas degan kompaniya ham bor, har bir da’vogar kompaniya o‘z mahsulotini va taklifini ma’lum bir chorrahalarga o‘rnatadi, ular sinab ko‘riladi. Davlat komissiyasi qaybirini ma’qul ko‘rsa, o‘sha kompaniya mahsulotlari o‘rnatiladi.

Qachon degan savolga, aytishim mumkinki, ularni hujjatlashtirish, moliyaviy taraflari, texnik tomonlari bor, ularni ko‘rib chiqishimiz kerak bo‘ladi. AJT kompaniyasi kameralari o‘rnatilganda qaysidir ma’noda tajriba yetishmagan. Ikkinchi xatoga yo‘l qo‘yishimiz kerak emas. Endilikda, bu ishlarni to‘laqonli, keng qamrovli amalga oshirib, bu masalaga 5-10 yil davomida qaytmaslik rejalashtirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 0
  • Superliga. "Navbahor" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni yirik hisobda mag‘lub etdi 05 мая, 20:13 0
  • Shomurodov o‘z nomini tarixga muhrladi 05 мая, 20:03 1
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 5
  • Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir» 05 мая, 19:13 4
  • Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi? 05 мая, 18:44 44
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi 05 мая, 18:15 11
  • O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi? 05 мая, 17:50 21
  • Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar 05 мая, 17:20 125
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 26
  • Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi 05 мая, 16:30 62
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 33
  • Bo‘limlar