“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 06:44
ЎЗO‘Z

Ravon brendi o‘rniga yana Chevrolet qaytmoqda

17 fev, 18:43 5 956 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ravon brendi o‘rniga yana Chevrolet qaytmoqda UzAuto Motors eksport bozorlarida avtomobillarni Chevrolet brendi ostida sotishni boshlamoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilning mart oyidan boshlab Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi.

Chevrolet brendidan tashqi bozorlarda foydalanish huquqi UzAuto Motors kompaniyasiga avtomobillarning yuqori sifati jahon avtosanoati yetakchilaridan biri — General Motors kompaniyasi tomonidan belgilangan standartlarga to‘liq javob berganligi uchun berildi.

Qabul qilingan qaror UzAuto Motorsga Chevrolet jahon brendining to‘liq quvvatidan O‘zbekiston Respublikasi ichki bozoridagi kabi eksport bozorlarida ham samarali sotuvni oshirish imkonini yaratadi.

UzAuto Motors kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet modellarining Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda distribyutsiyasini o‘zi boshqaradi. Dilerlik tarmog‘i mavjud Djeneral Motors Rossiya dilerlari, Ravon dilerlarining bir qismi va Chevrolet vakolatli servis markazlari asosida, ularning geografik joylashuvi va Chevrolet brendi standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda yaratilgan.

«Yagona brend ostida ishlash O‘zbekistonda avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish va eksport bozorlarida sotishning yangi imkoniyatlarini ochib beradi», deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt avtomobillarini xarid qilgan mijozlar uchun kafolatlar, shuningdek, barcha xizmat va UzAuto Motors kompaniyasi tomonidan o‘zining dilerlik tarmog‘i orqali taqdim etiladigan ehtiyot qismlarni sotib olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Rossiya va MDH mamlakatlarida Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020 yilning o‘rtalariga kelib to‘xtaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 0
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 190
  • Bo‘limlar