“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:40
ЎЗO‘Z

Dunyoda eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchi brend ma’lum qilindi

14 fev, 08:47 5 116 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoda eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchi brend ma’lum qilindi Dunyoda eng ishonchli avtomobillar ishlab chiqaruvchilari orasida Janubiy Koreyaning Genesis brendi yetakchilik qilmoqda.
J.D. Power konsalting kompaniya tahlilchilari 3 yillik avtomobillar egalari orasida so‘rovnoma o‘tkazib, dunyodagi eng ishonchli avtomobil markalarini aniqlashdi. 2019 yil natijalari bo‘yicha Genesis brendi g‘olib deb topildi.

Ekspertlar har bir brendga tegishli avtomobilni baholash uchun uni boshqaruvchi 100 kishi bilan so‘rovnoma o‘tkazishgan va ular 2 yil davomida ushbu mashinalardan foydalanishda to‘qnash kelgan muammolari sonini tahlil qilishgan. Bunda shikoyatlar bir necha toifaga bo‘lingan, biroq faralar ishdan chiqishidan tortib smartfonni Bluetooth bo‘yicha ulashda yuzaga kelgan muammolargacha hisobga olingan.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, eng ishonchli avtomobil ishlab chiqaruvchisi reytingda ilk bor ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, Genesis g‘olib bo‘lgan. Ushbu markaning ikkita modeli bo‘yicha 100 ta avtomobilga 89 ta shikoyat tushgan. 2-o‘rinni Lexus egallagan. Ushbu brendning har bir avtomobili bo‘yicha bittadan shikoyat bildirilgan. 3-o‘rinni 103 ta shikoyat bilan “Byuik” egallagan.

Tadqiqot qoidasiga ko‘ra baholanuvchi avtomobillar kamida 3 yildan beri sotilayotgan bo‘lishi kerak.
Reytingning eng quyi pog‘onalarini Volvo (185 ta shikoyat), Jaguar (186 ta shikoyat), Chrysler (214 ta shikoyat) va Land Rover (220 ta shikoyat) brendlari egallagan.
Bungacha eng ishonchli 3 yillik mashinalar reytingiga qatorasiga 8 yil Lexus yetakchilik qilib kelayotgandi.

Bundan tashqari, mutaxassislar avtomobilsozlik sanoati bo‘yicha shikoyatlar o‘rtacha ko‘rsatkichi yaxshilanganini qayd qilishgan. Bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 2 punktga - 136 tadan 134 ta shikoyatgacha kamaygan bo‘lsa-da, ammo oxirgi 31 yil ichida eng yaxshi ko‘rsatkich ekanligi ta’kidlab o‘tilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar